» » Tojikiston O‘zbekiston traktorlari uchun haq to‘lay olmay, ularni ortga qaytarmoqda

Tojikiston O‘zbekiston traktorlari uchun haq to‘lay olmay, ularni ortga qaytarmoqda


O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining deputatlari “O‘zagrotexsanoatxolding” AJ tizimidagi korxonalarning ishlab chiqarish, ekspluatatsiya, ta’mirlash sifatini tubdan takomillashtirish yo‘nalishlari bo‘yicha olib borilayotgan ishlar bilan tanishish maqsadida tashrif buyurdi. Bu haqda “Xabar.uz” xabar berdi.

“O‘zagrotexsanoatxolding” AJ matbuot xizmati xabariga ko‘ra, dastlab deputatlar xolding hududidagi maxsus ko‘rgazmali maydonda joylashgan qishloq xo‘jaligi texnikalari, agregatlar hamda “Chirchiq qishloq xo‘jaligi texnikasi zavodi” AJ tomonidan ishlab chiqarilgan qishloq xo‘jaligi texnikalari, qolaversa, “Toshkent qishloq xo‘jaligi texnikasi zavodi” AJ dagi ishlab chiqarish faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

Deputatlar tashrifi vaqtida bir qator muammoli masalalar ham ko‘tarilgan. So‘nggi vaqtlarda ayrim fermerlarning O‘zbekistonda chiqarilayotgan traktorlardan nolish holatlari kuzatilmoqda. Bunga sabab nima? Texnika nosozmi yoki boshqa omillar ham bormi? Korxona vakillari bu masalaning sababini dizel yoqilg‘isiga bog‘lashdi. Traktorlarning yaxshi ishlashi uchun yoqilg‘i sifatli bo‘lishi lozim. Dizel yoqilg‘isi zavoddan sifatli chiqadi, ammo uning bir necha qo‘ldan o‘tib fermerga yetib borgunicha sifati buzilishi (ko‘paytirib sotish uchun qo‘shimchalar qo‘shilishi) kuzatilmoqda ekan. Yomon yoqilg‘iga esa traktorlar yaxshi yurmaydi, buzilish holatlari uchraydi. Bu esa fermerlarda norozilik kayfiyatini uyg‘otadi. Korxona xodimlari deputatlardan shu masalani o‘rganish va nazorat qilishni so‘rashgan.

Yana bir masala: internet nashrlarida Tojikiston O‘zbekistonga traktor eksport qilayotgani haqida xabarlar tarqaldi. “O‘zagrotexsanoatxolding” AJ bu xabarlarni inkor etdi. Aksincha Tojikistonning “Madad-Agro” lizing kompaniyasi “Toshkent qishloq xo‘jaligi texnikasi zavodi”dan 355 ming dollar miqdoridagi qarzini to‘lay olmay, traktorlarni ortga qaytarayotganini zavod ma’muriyati rasman ma’lum qildi.

Ma’lumot uchun, 2018-yilda “O‘zagrotexsanoatxolding” AJ tizimidagi korxonalar tomonidan jami 11570 dona qishloq xo‘jaligi texnikasi ishlab chiqilgan. 2018-yilda umumiy qiymati 10,64 million dollarga teng qishloq xo‘jaligi texnikalari qo‘shni mamlakatlarga eksport qilindi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-01-2019, 21:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 76) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют