» » “Qirollik klubi” uchun qo‘rqinchli Italiya. “Napoli” — “Real Madrid”. Prevyu

“Qirollik klubi” uchun qo‘rqinchli Italiya. “Napoli” — “Real Madrid”. Prevyu


Hakam: Junay Chaqir (Turkiya).
Jarohatlar: Rafael Varan, Fabiu Koentrau (ikkisi “Real Madrid”).
Diskvalifikatsiya: yo‘q.
So‘roq ostidagilar: Allan (“Napoli”).

O‘zaro o‘yinlarning uchalasida ham neapolliklar zafar qucha olmagan. Bir martagina durang qayd etilgan. To‘plar nisbati madridliklar foydasiga — 6:2.

“Napoli” Chempionlar ligasining chorak finali uchun ikkinchi bor kurash olib bormoqda. 2012-yil klub “Chelsi”ni o‘z maydonida 3:1 hisobida taslim qilgan bo‘lib, Londonda 1:4 hisobida yengilgandi.

“Napoli” o‘z maydonida ancha xavfli. Klub so‘nggi 20 ta o‘yinning 13 tasida zafar quchgan va 6 tasida durang o‘ynagan. Faqatgina guruh bosqichida shu mavsum “Beshiktosh”ga imkoniyatni boy bergan — 2:3.

“Napoli”ga ispan klublari pley-offda omad keltirmagan. Yevrokuboklarda klub “Vilyarreal” va “Atletik” klublari dovonidan o‘ta olmagan. So‘nggi bor guruh bosqichida “Vilyarreal” ustidan zafar quchgan — 2:0.

Ispan klublarining Neapolga tashrifida g‘alaba yo‘q. Ular 4 bor “Napoli” bilan durang o‘ynagan va ikkitasida yengilgan.

Penaltilar seriyasida “Napoli” yaqqol favorit emas. Klub 1990-yil “Sporting”ni penaltilar seriyasida 4:3 hisobida taslim qilgan bo‘lsa, 1987-yil “Tuluza”dan, 1991-yil Moskvaning “Spartak” klubidan yengilgan.

“Real” chorak finalga ketma-ket yettinchi bor yetib kelish uchun kurash olib boradi.

“Real” 2016-yil “Roma”ni uyida ham, safarda ham 2:0 hisobida taslim qilgandi. Unga qadar bo‘lgan Italiya klublariga qarshi sakkiz to‘qnashuv esa “Qirollik klubi”ning mag‘lubiyati bilan yakuniga yetgan. Rimdagi g‘alaba esa so‘nggi to‘qqiz tashrifdan keyin birinchi g‘alaba edi.

“Real” Italiyada tarixda 5 bor yutgan, 8 bor durang o‘ynagan. 18 uchrashuvda taslim bo‘lgan.

Penaltilar seriyasiga qadar “Real” 4 bor yetib borgan bo‘lib, shularning teng yarmida imkoniyatni boy bergan.

Опубликовано: admin (7-03-2017, 16:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 92) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют