» » Britaniya parlamenti Brexit muddatini kechiktirishni rad etdi

Britaniya parlamenti Brexit muddatini kechiktirishni rad etdi


Britaniya parlamenti Brexit kelishuviga kiritilgan o‘zgartirishga qarshi ovoz berdi, bu esa mamlakatni 9 oy davomida Yevropa Ittifoqidan chiqib ketishini kechiktiradi, deya xabar beradi “Liga Novosti”.

Angliyaning Yevropa Ittifoqidan o‘rnatilgan muddatdan kechroq chiqishiga qarshi 321 deputat, 298 nafar deputat yoqlab ovoz bergan.

Brexit 2019-yilning 29-martiga belgilangan, ammo Yevropa Ittifoqidan chiqish 21 oylik o‘tish davrini ko‘zda tutadi.

Parlament, Birlashgan Qirollikning bir qismi bo‘lgan Shimoliy Irlandiya va Yevropa Ittifoqi a’zosi bo‘lgan Irlandiya chegarasi masalasini qayta ko‘rib chiqish uchun Meyni muzokaralarga qaytishga chaqirdi.

Bosh vazirning rejasida Shimoliy Irlandiyaning YeIning bojxona ittifoqi va yagona Yevropa bozorining bir qismi sifatida qolishi ko‘zda tutilgan.

21-yanvar kuni Britaniya vaziri Tereza Mey mamlakatni Yevropa Ittifoqidan chiqishi uchun Britaniya Parlamentida “B” reja taqdim etgan. Jamoatchilik palatasida ovoz berish 29-yanvar kuni bo‘lib o‘tgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (31-01-2019, 09:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 118) ( 0) ( 116) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют