» » Yakkabog‘dagi maktablar sharoitining talabga javob bermasligi, o‘quvchilari bilimining sayozligi ma’lum bo‘ldi

Yakkabog‘dagi maktablar sharoitining talabga javob bermasligi, o‘quvchilari bilimining sayozligi ma’lum bo‘ldi


Joriy yilning 1-mart sanasidan boshlangan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zolari va Qonunchilik Palatasi deputatlaridan iborat ishchi guruhi vakillarining Yakkabog‘ tumani aholisi bilan muloqotlari qizg‘in davom etmoqda, deb xabar beradi Qonunchilik Palatasi axborot xizmati.

Dastlabki o‘rganishlar davomida aholi tomonidan ta’lim muassasalarining moddiy-texnik ta’minoti, jumladan, darsliklar, qo‘llanmalar, o‘quv qurollari va jihozlarning yetishmasligi, o‘qitish sifatining talab darajasida emasligi, binolarning ta’mirtalabligi, xonalar yetarli darajada isitilmasligi, elektr energiyasi ta’minotidagi uzilishlar kabi muammolar ko‘tarildi. Shu asosda mutasaddilar ishtirokida mazkur masalalarni hal etish choralari ham ko‘rib chiqildi.

Ishchi guruh a’zolari Oliy Majlis Qonunchilik Palatasi deputatlari Jamshid Pirmatov va Abdug‘ani Umirov tomonidan tumandagi 27-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘rganilganda bu yerda ta’lim yo‘nalishida amalga oshirilayotgan ishlar mutlaqo talabga javob bermasligi ma’lum bo‘ldi. O‘quvchilar bilan suhbat o‘tkazilganda ularning bilimlari nihoyatda sayozligi, buning ustiga ilm maskanidagi kutubxona yetarli darsliklar, badiiy adabiyotlar bilan ta’minlanmaganligi aniqlandi.

Shu tumanning 104-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi ham o‘rganilib, bu dargohda 285 nafar o‘quvchi ta’lim olishi, bu yerda o‘quvchilarning darsga qatnashishi qoniqarli emasligi ma’lum bo‘ldi. Darslarni ko‘rgazmali qurollar asosida o‘tishga rioya etilmayotgani, geografiya darsida foydalaniladigan dunyo xaritasi eskirib ketganligidan titilib qolgani kuzatildi. O‘quvchilar bilan muloqot o‘tkazilganda rus tili fani boshlang‘ich sinfdayoq o‘qitilayotgan bo‘lishiga qaramay, 8-sinfda ta’lim olayotgan bolalar bu fan bo‘yicha yetarli tasavvurga ham ega emasligi ayon bo‘ldi.

16-sonli maktabgacha ta’lim muassasasida esa isitish tizimi mutlaqo talabga javob bermasligi, oshxonada tayyorlanayotgan taomlar sifati talab darajasida emasligi qayd etildi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (8-03-2017, 10:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 106) ( 0) ( 103) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют