» » Buxorodagi avtobus halokati bilan bog‘liq jinoyat ishi yuzasidan sud jarayoni davom etmoqda (foto)

Buxorodagi avtobus halokati bilan bog‘liq jinoyat ishi yuzasidan sud jarayoni davom etmoqda (foto)


23-yanvar kuni Buxoro viloyat Vobkent tuman sudida avtobus halokati bilan bog‘liq sud ishi boshlangani haqida xabar berilgan edi. Bu haqda Jinoyat ishlari bo‘yicha Buxoro viloyat Vobkent tuman sudi matbuot xizmati “Daryo”ga xabar berdi.

O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 186-moddasi 4-qismi ”a, b” bandlari “xavfsizlik talablariga javob bermaydigan xizmatlar ko‘rsatish natijasida odamlar o‘limi va og‘ir oqibatlarga olib kelish), 228-moddasi 2-qismi “a, b” bandlari (bir guruh shaxslar tomonidan takroran hujjatlarni qalbakilashtirish) va 228-moddasi 3-qismi (hujjatni qalbaki ekanligini bila turib undan foydalanish) bilan ayblangan Uchqun Sharopov Tolibovich, Umrzoq Yaxshiyev Hamroyevich, Sarvar Narzullayev G‘aybullayevich, Bobur Toshev G‘aybullayevich va Namoz Roziqov Shavkatovichlarning jinoyat ishi yuzasidan sud tergovi jarayoni 30-yanvar va 6-fevral kunlarida davom ettirilib, jami 31 kishidan iborat jabrlanuvchilar so‘roq qilindi.

Ushbu jinoiy hodisani kelib chiqish omillarini ilmiy yo‘l bilan o‘rganib xulosa bergan 4 kishidan iborat ekspertlar guvoh tariqasida so‘roq qilinib, ularning ko‘rsatmalari tinglanib, tahlil qilindi.

Bundan tashqari sud, jinoyat ishida to‘plangan yozma dalillarni o‘qib eshittirib, ularni tahlil qildi va muzokaraga o‘tib, o‘z ishiga 2018-yil 13-fevral kuniga qadar tanaffus e’lon qildi.

Mavzuga doir: Buxorodagi avtobus halokati bilan bog‘liq jinoyat ishi yuzasidan sud jarayoni boshlandi (foto)



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-02-2019, 14:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 80) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют