» » Samarqandda “Biz buyuk davlat quruvchilarning avlodlarimiz” mavzusida konferensiya o‘tkazildi

Samarqandda “Biz buyuk davlat quruvchilarning avlodlarimiz” mavzusida konferensiya o‘tkazildi


O‘zbekiston yoshlar ittifoqi, Respublika “Yoshlar turizmi agentligi” va “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Bo‘stonliq tumani Kengashi bilan hamkorlikda Samarqand viloyatida “Biz buyuk davlat quruvchilarning avlodlarimiz” mavzusida konferensiya o‘tkazildi. Bu haqda “Daryo” manbasi xabar bermoqda.

Tadbirda keng jamoatchilik vakillari, O‘zbekistonning barcha hududlaridan tashrif buyurgan ming nafarga yaqin iqtidorli, faol yoshlar qatnashdi.

Konferensiya davomida yigit-qizlar uchun Samarqand viloyati bo‘ylab sayohat uyushtirildi. Shuningdek, estrada yulduzlari ishtirokida konsert dasturlari, badiiy chiqishlar va milliy hunarmandchilik mahsulotlari ko‘rgazmasi tashkil etildi.

Qizg‘in bahs-munozaralarga boy va ochiq muloqot tarzida kechgan tadbirda yoshlar tomonidan berilgan savol hamda muammolarga mutasaddilar aniq javoblar berdi. Anjuman davomida Respublika “Yoshlar turizmi agentligi” va “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi o‘rtasida doimiy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha memorandum imzolandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-02-2019, 00:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 77) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют