» » Fantastik g‘alaba 0:4 keyin ham “Barselona”ga ishonishda davom etganlar uchun bag‘ishlandi

Fantastik g‘alaba 0:4 keyin ham “Barselona”ga ishonishda davom etganlar uchun bag‘ishlandi


“Barselona” hamda “PSJ” jamoalari o‘rtasidagi fantastik bellashuvdan so‘ng har ikki klub bosh murabbiylari o‘z fikrini bayon qildi.

Biz o‘yin davomida muvaffaqiyatimizga ishonib to‘p surdik. Shu boisdan ham ko‘p jabhada tavakkal qildik. Yakunda bu samarali bo‘lib chiqdi. Biz uchun eng muhimi ham shu edi.

Chorak finalga yo‘llanma olgan qolgan jamoalar bizni shu bosqichda ko‘rishdan xursand deb o‘ylamayman. Aytishim mumkin bo‘lgani — turnirni yutish uchun endi hammaning imkoniyati tenglashdi.

Bu g‘alaba “PSJ”ga qarshi dastlabki o‘yinimizda keyin ham bizga ishonganlar uchun bag‘ishlanadi.

Luis Enrike, “Barselona” bosh murabbiyi

“PSJ” ustozi Unai Emerining fikriga ko‘ra, “Barselona” o‘yin yakunlanib borgani sayin yo‘qotadigan narsasi qolmaganini tushungan va shu bilan o‘z o‘yinini namoyish qila olgan.

Bugun biz chorak finalga yo‘l olishdek aqlbovar qilmas imkoniyatni yo‘qotdik. Chunki ikkinchi bo‘limni juda yomon o‘tkazdik: pressing qila olmadik hamda to‘pni ushlab turishda oqsadik. Bu esa “Barselona” uchun ko‘plab imkoniyatlar yaratdi.

Gol urib olib, bo‘shashdik. Hatto hisobni 3:2 ko‘rinishiga ham olib kelishimiz mumkin edi. Biroq hakamlar qarori “PSJ”ga qarshi bo‘lib chiqaverdi. O‘yin oxirida esa o‘yin nazoratini butkul unutdik.

O‘yin yakunlanib borayotganda raqibning yo‘qotadigan hech narsasi qolmagandi. “Barselona” shuning evaziga kambekka loyiq bo‘ldi. Bu klub va men uchun salbiy tajribadir. Biz bundan saboq chiqarishimiz kerak.

Unai Emeri, “PSJ” bosh murabbiyi

Опубликовано: admin (9-03-2017, 08:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 76) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют