» » Yevropa Ligasi. Bugun “Arsenal”, “Chelsi”, “Inter” va “Napoli” o‘ynaydi

Yevropa Ligasi. Bugun “Arsenal”, “Chelsi”, “Inter” va “Napoli” o‘ynaydi


14-fevral, payshanba kuni futbol bo‘yicha Yevropa Ligasi 1/16 final bosqichi doirasida dastlabki uchrashuvlar bo‘lib o‘tadi.

Unai Emeri qo‘l ostidagi Londonning “Arsenal” klubi safarda Minsk shahrida BATE mehmoni bo‘ladi. Luchano Spaletti boshliq “Inter” jamoasi esa Venada “Rapid” bilan bahsga kirishadi. Ikkala uchrashuv ham Toshkent vaqti bilan soat 22:55 da boshlanadi.

So‘nggi o‘yinlarda omadi chopmayotgan Londonning boshqa bir jamoasi “Chelsi” Shvetsiyaning “Malmyo” klubi bilan o‘ynaydi. Karlo Anchelotti boshqaruvidagi Italiyaning “Napoli” klubi Shveysariya poytaxti, “Syurix” maydoniga safar qiladi. Bellashuvlar tungi vaqt bilan 01:00 da start oladi.

Yevropa Ligasi

1/16 final bahslari

14-fevral, payshanba

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-02-2019, 18:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 61) ( 0) ( 59) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют