» » Bo‘stonliqda “Chimgan Challenge” festivaliga start berildi

Bo‘stonliqda “Chimgan Challenge” festivaliga start berildi


Bo‘stonliq tumanining Chimyon tog‘-chang‘i hududida ilk bor “Chimgan Challenge” qishki sport o‘yinlari bo‘yicha yoshlar festivaliga start berildi, deya xabar beradi O‘zbekiston yoshlar ittifoqining Facebook’dagi rasmiy sahifasi.

Festival O‘zbekiston yoshlar ittifoqi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Milliy olimpiya qo‘mitasi hamda Sportning qishki va murakkab texnik turlari bo‘yicha respublika oliy sport mahorat maktabi hamkorligida tashkil etilmoqda.

Ta’kidlash joizki, yoshlar orasida sportning qishki turlarini ommalashtirish, navqiron avlod vakillarida salbiy illatlarga qarshi sog‘lom immunitetni shakllantirish maqsadida tashkil etilgan mazkur festivalda 18 dan 30 yoshgacha bo‘lgan havaskor sportchi yoshlar tog‘-chang‘isi, snowboarding hamda voleybol sport turlari bo‘yicha bellashadi.

Musobaqalarda Toshkent viloyatining har bir tuman hamda shaharlaridan 500 nafarga yaqin yoshlar ishtirok etmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-02-2019, 09:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 124) ( 0) ( 121) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют