» » La Liga. “Real” o‘z maydonida “Jirona”ga yutqazib qo‘ydi (video)

La Liga. “Real” o‘z maydonida “Jirona”ga yutqazib qo‘ydi (video)


17-fevral, yakshanba kuni futbol bo‘yicha Ispaniya chempionatining 24-turi doirasida 1 ta uchrashuv nihoyasiga yetdi.

Santyago Solari boshliq Madridning “Real” klubi o‘z maydonida “Jirona” bilan bahsga kirishdi.

Uchrashuvda mehmon jamoa a’zolari Kristian Stuani (65) hamda Kristian Poru (75) ning gollari evaziga g‘alaba qozondi. Madridliklar safidagi yagona golga Kazemiro (25) mualliflik qildi. Qayd etish joiz, uchrashuv so‘ngida Serxio Ramos qizil kartochka olib maydonni tark etdi.

Shu tariqa “Qirollik klubi” “Santyago Bernabeu”da “Jirona”ga 1:2 hisobida imkoniyatni boy berdi. Natijada musobaqa jadvalida 45 ochko to‘plagan holda 3-pog‘onaga tushib qoldi.

La Liga

24-tur bahslari

17-fevral, yakshanba

Gollar: 1:0 — 25 Kazemiro, 1:1 — 65, penalti, Stuani, 1:2 — 75 Portu

“Real Madrid”: Kurtua, Varan, Marselo, Odriosola, Ramos, Sebalyos (Dias, 74), Kazemiro, Vaskes (Junior, 58), Kroos, Asensio (Beyl, 66), Benzema

“Jirona”: Bunu, Alkala, Xuanpe, Raul Garsiya, Ramalo, Granel, Porro (Losano, 46), Portu (Fernandes, 84), Pons (Garsiya, 46), Duglas Luis, Stuani.

Ogohlantirishlar: Losano (48), Ramos (64), Alkala (86), Kazemiro (88), Ramos (90).

Chetlatish: Ramos (90)

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-02-2019, 19:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 82) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют