» » Oilasidagi yagona o‘g‘il farzand Samandarga oqqondan tuzalishga yordam beraylik!

Oilasidagi yagona o‘g‘il farzand Samandarga oqqondan tuzalishga yordam beraylik!


“Daryo” ga asli Farg‘ona viloyati Beshariq tumanidan ayni paytda Toshkentda bo‘lib turgan uch farzandning onasi Jumagul Usmonova murojaat qildi.

Uning aytishicha, 2004-yil 26-iyunda tug‘ilgan farzandi oiladagi yagona o‘g‘il Samandar Nabiyevga 2019-yilning 18-yanvarda poytaxtdagi Gematologiya markazida oqqon kasalligi tashxisi qo‘yildi. Ona farzandini sog‘aytirish uchun bor kuchi bilan harakat qilmoqda, yelib-yugurmoqda. Lekin qo‘li kaltalik qilyapti.

“Farzandim Samandarbekni sog‘lig‘i kunlardan birida yomonlashdi. Ijobiy tomonga o‘zgarmay, yaxshi bo‘lmagandan keyin mutaxasislarga tekshirtirdik. Shifokorlar farzandimga oqqon kasalligining o‘tkir limfoblast leykoz tashxisini qo‘yishdi. Shundan so‘ng hozirga qadar bor kuchimiz bilan davolatyapmiz. Hozirda dorilari juda qimmatligi sabab , dorilarga pul yetkaza olmayapmiz. Hali navbatda uzoq muddatli kimyoterapiya kurslari turibdi.

Bizga imkon qadar xolis moddiy yordam berishingizni so‘rayman. Alloh sizlardan rozi bo‘lsin. Farzandlaringiz, oilangizning baxtiga sog‘ bo‘ling”, — deydi Samandarning onasi Usmonova Jumagul.

Samandarning oilasi uning dori-darmonlariga qarindoshlardan pul so‘rab, katta qarzga botgan. Shuning uchun hozirgi kunda oiladagi yolg‘iz o‘g‘ilning davolanishi uchun pul topa olmayapti.

Ayni vaqtda oila saxiy insonlar yordamiga mushtoq. Orzulari osmon bola Samandardan xolis moddiy yordamimizni ayamaylik. Qo‘ldan kelganicha ehson qilaylik, duo qilib uning qatorida barcha bemorlarning umri uzoq bo‘lishini so‘raylik.

Xayriya qilmoqchi bo‘lganlar uchun kerakli ma’lumotlar:

Plastik karta orqali: (Click, Payme)

Onasi Usmonova Jumagul nomiga ochilgan

Xalq banki: 8600 0604 9999 4565

Xalq banki Toshkent viloyati filiali Amaliyot bo‘limida onasi Usmonova Jumagul nomiga ochilgan rekzivitlari:

MFO: 00883 INN: 205888230

Hisob raqami:

231200000 200000 883100

Xorijdan bankdan mablag‘ yubormoqchi bo‘lganlar uchun onasini pasport ma’lumotlari:

Usmonova Jumagul Muratovna

Pasport raqami: AV 8094299

Onasi Jumagul opaning telefon raqami:

+99893 732 82 04

Otasi Abdulaziz akaning telefon raqami:

+99890 970 88 49



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-02-2019, 15:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 36) ( 0) ( 35) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют