» » O‘zbekistonda USAID bilan hamkorlikdagi sud-huquq islohoti bo‘yicha dastur start oldi

O‘zbekistonda USAID bilan hamkorlikdagi sud-huquq islohoti bo‘yicha dastur start oldi


26-fevral kuni Toshkentda AQShning xalqaro rivojlanish bo‘yicha agentligining (USAID) O‘zbekistondagi sud-huquq islohotiga doir dasturi taqdimoti o‘tkazildi. Bu haqda Adliya vazirligining matbuot xizmati “Daryo”ga ma’lum qildi.

Tadbirda adliya vaziri Ruslanbek Davletov, USAID va boshqa xalqaro tashkilotlar, fuqarolik jamiyati institutlari vakillari ishtirok etdi.

USAID’ning O‘zbekistondagi sud-huquq islohotiga doir dasturining amalga oshirilishi o‘tgan yilning 8-iyunida O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va USAID o‘rtasida imzolangan o‘zaro anglashuv memorandumida ko‘zda tutilgan. Dastur uch yil muddatni qamrab olgan bo‘lib, qiymati 10 million AQSh dollaridan ortiqdir.

USAID’ning O‘zbekistonda sud-huquq islohotiga doir dasturi Adliya vazirligi hamda turli davlat organlari va tashkilotlari, fuqarolik jamiyati institutlari bilan hamkorlikda amalga oshiriladi. Mazkur dastur 2017—2021-yillarda O‘zbekistonni rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha harakatlar strategiyasida belgilangan asosiy maqsadlarga erishishga yangicha turtki bo‘ladi. Xususan, yuristlar malakasini oshirish bo‘yicha yangi imkoniyatlar yaratiladi, qo‘shma tadqiqotlar o‘tkazish, kutubxonalar, onlayn-ta’lim va tadqiqot resurslari imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida AQSh universitetlari bilan sheriklik munosabatlari o‘rnatiladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-02-2019, 23:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 76) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют