» » Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Times Higher Education xalqaro reyting agentligi bilan hamkorlik bitimi imzoladi

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Times Higher Education xalqaro reyting agentligi bilan hamkorlik bitimi imzoladi


Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi yetakchi xalqaro reyting agentligi bilan hamkorlik bitimini imzoladi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati ma’lum qildi.

“Ilm-fan — 2020” milliy rivojlanish dasturi doirasida Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Times Higher Education xalqaro reyting agentligi va Elsevier kompaniyasi bilan uch yilga mo‘ljallangan hamkorlik bitimini imzoladi.

Imzolangan bitimga ko‘ra, vazirlik Times Higher Education bilan O‘zbekistondagi OTMlarning jahon ilm-fanidagi mavqeini mustahkamlash, ta’lim bozorida raqobatbardoshligini oshirish, dunyoning yetakchi ilmiy-ta’lim markazlari, nufuzli universitetlarning xalqaro reytingiga kiritish yo‘lida birgalikda harakat qiladi.

Kelishuv doirasida vazirlik respublikadagi eng yaxshi universitetlar rektorlari va prorektorlaridan iborat Times Higher Education ekspertlari bilan birgalikda ishlaydigan ishchi guruhni shakllantiradi.

Shuningdek, jahonga mashhur Elsevier nashriyot uyi bilan SciVal axborot-tahliliy portali ma’lumotlaridan foydalanish bo‘yicha bitim imzoladi.

Mazkur kelishuv respublika OTMlariga nufuzli xalqaro ilmiy axborotlar manbasidan foydalanish, ilmiy tadqiqotlar sohasida samaradorlikni oshirish, pirovardida universitetlarning xalqaro global reytingiga kirish imkonini beradi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-02-2019, 10:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 29) ( 0) ( 27) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют