» » Toshkentda adabiyotshunos olim Omonulla Madayev 76 yoshida vafot etdi

Toshkentda adabiyotshunos olim Omonulla Madayev 76 yoshida vafot etdi


Toshkentda adabiyotshunos olim, filologiya fanlari nomzodi Omonulla Madayev 2-mart kuni 76 yoshida vafot etdi.

Omonulla Madayev 1942-yilda Toshkentda tug‘ilgan, 1964-yil ToshDU filologiya fakultetini tamomlagandi. 1966-yildan shu universitet o‘zbek mumtoz adabiyoti kafedrasida ishlagan, 1982- yildan kafedra dotsenti lavozimida faoliyat olib borgan.

Ma’lum vaqt O‘zbekiston Milliy universiteti jurnalistika fakulteti dekani sifatida ham faoliyat yuritgan.

Omonulla Madayev o‘zbek xalq og‘zaki ijodi, adabiyotshunoslik va pedagogikaga oid qator kitoblar muallifi hisoblanadi.

Yaqinlariga ko‘ra, Omonulla Madayev 3-mart kuni “Shayx Zayniddin ota” masjidida peshin namozidan keyin so‘nggi manzilga kuzatiladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-03-2019, 09:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 87) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют