» » O‘zbekiston bozorlarida eng arzon o‘simlik yog‘i 8 ming, eng qimmat shakar 5 500 so‘mdan sotilmoqda

O‘zbekiston bozorlarida eng arzon o‘simlik yog‘i 8 ming, eng qimmat shakar 5 500 so‘mdan sotilmoqda


O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi mamlakat bozorlaridagi narx-navolarni o‘rganishda davom etadi. Mamlakat bozorlaridagi oziq-ovqat, nooziq ovqat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining 2019-yil 4-mart holatidagi narxlari e’lon qilindi, deb yozadi “Xalq so‘zi”.

Mol go‘shti

28 000 so‘mdan 40 000 so‘mgacha

Mamlakat bozorlarida 1 kilogramm mol go‘shti 28 000 so‘mdan 40 000 so‘mgacha bo‘lgan narxlarda sotilmoqda.

Eng arzon narxlar bu haftada Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahar Markaziy dehqon bozorida, Navoiy shahri “Sahovat” MChJga qarashli markaziy bozori, “Farhod” bozori (Toshkent shahri)da, Chorsu dehqon bozori (Toshkent shahri), Qo‘yliq dehqon bozori (Toshkent shahri) kuzatildi. 1 kilogramm mol go‘shtining narxi 28 000 so‘mdan 40 000 so‘mgacha sotilmoqda.

Eng qimmat Urganch markaziy dehqon bozori, “Mirobod” dehqon bozori va Qo‘yliq dehqon bozori (Toshkent shahri) 30 000 – 40 000 so‘m.

Qo‘y go‘shti

28 000 so‘mdan 42 000 so‘mgacha

Poytaxt bozorlarida 1 kilogramm qo‘y go‘shti 28 000 – 40 000 ming so‘mgacha sotilmoqda.

Eng arzon narx haftada Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahar Markaziy dehqon bozorida - 1 kilogramm qo‘y go‘shti narxi 28 000 – 33 000 so‘m.

Eng qimmat narx Yunusobod dehqon bozori, “Mirobod” dehqon bozori, Qo‘yliq dehqon bozori (Toshkent shahri)da – 1 kilogramm qo‘y go‘shti 38 000 – 42 000 so‘m.

Tovuq go‘shti

12 000 so‘mdan 21 000 so‘mgacha

Eng qimmat narx “Mirobod” dehqon bozori (Toshkent shahri)da - 18 000 – 21 000 so‘m

Eng arzon narx Buxoro shahar Markaziy dehqon bozorida – 12 000 so‘m

Poytaxt bozorlarida 1 kilogramm tovuq go‘shtini o‘rtacha 16 000 so‘mdan xarid qilish mumkin.

Guruch

3 000 so‘mdan 14 000 so‘mgacha

Eng qimmat va eng arzon narx Termiz shahar Markaziy dehqon bozori (Surxondaryo viloyati) – 3 000 – 14 000 so‘m.

O‘simlik yog‘i

8 000 so‘mdan 12 500 so‘mgacha

Eng arzon Urganch markaziy dehqon bozori, “Farhod” dehqon bozori (Toshkent shahri), Farg‘ona markaziy bozori (Farg‘ona viloyati)da – 8 000 – 11 500 so‘m.

Eng qimmat narxlar “Mirobod” dehqon bozori va Qo‘yliq dehqon bozori (Toshkent shahri) - 12 500 so‘mgacha

Un

1 500 so‘mdan 4000 so‘mgacha

Eng arzon Termiz shahar Markaziy dehqon bozori (Surxondaryo viloyati)da – 1 kilogramm 1-navli un 1500 so‘mdan 2000 so‘mgacha.

Eng qimmat narx Urganch Markaziy dehqon bozori – 3 500 – 4 000 so‘m.

Shakar

4 400 so‘mdan 5 500 so‘mgacha

Eng qimmat narx Termiz shahar Markaziy dehqon bozori (Surxondaryo viloyati)da, Farg‘ona markaziy bozori (Farg‘ona viloyati)da – 5000-5500 so‘m.

Eng arzon narx Chorsu dehqon bozori (Toshkent shahri)da – 4400 – 5000 so‘m.

Tuxum

350 so‘mdan 650 so‘mgacha

Eng arzon narx Qarshi shahar “Yerqo‘rg‘on” dehqon bozori (Qashqadaryo viloyati), Yunusobod dehqon bozori (Toshkent shahri)da – 350 so‘mdan 550 so‘mgacha.

Eng qimmat narx Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahar Markaziy dehqon bozorida, Jizzax shahri markaziy dehqon bozori, Urganch Markaziy dehqon bozorida - 650 so‘mgacha.

Kartoshka

1 100 so‘mdan 3 000 so‘mgacha

Kartoshkaning narxi ba’zi bozorlarda arzonlashgan.

Eng arzon narx Chorsu dehqon bozori (Toshkent shahri)– 1100 so‘mdan 2200 so‘mgacha.

Eng qimmat narx “Mirobod” dehqon bozori (Toshkent shahri)da bozorida 1 kilogramm kartoshka 3000 so‘mgacha.

Pomidor

5 000 so‘mdan 18 000 so‘mgacha

Eng arzon narx Chorsu dehqon bozori (Toshkent shahri) – 5 000 so‘mdan 15 000 so‘mgacha.

Eng qimmat narx Buxoro shahar Markaziy dehqon bozorida – 10 000 – 18 000 so‘mgacha.

Xo‘jalik sovuni

1 500 so‘mdan 3 500 so‘mgacha

Eng arzon narx Qarshi shahar “Yerqo‘rg‘on” dehqon bozori (Qashqadaryo viloyati), Namangan shahri “Sardoba” dehqon bozori, Urganch Markaziy dehqon bozorida, Farg‘ona markaziy bozori (Farg‘ona viloyati)da – 1 500 so‘mdan 2500 so‘mgacha.

Eng qimmat narx Jizzax shahri markaziy dehqon bozori, Urganch Markaziy dehqon bozorida – 3000 – 3500 so‘mgacha.

Mamlakatning aksariyat bozorlarida sifatli xo‘jalik sovunini 3000 so‘mdan xarid qilish mumkin.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-03-2019, 20:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 91) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют