» » Samarqandda alkogol mahsulotlarini qonunga xilof ravishda ishlab chiqargan shaxslar qo‘lga olindi

Samarqandda alkogol mahsulotlarini qonunga xilof ravishda ishlab chiqargan shaxslar qo‘lga olindi


Samarqand viloyati IIB Jinoyat qidiruv bo‘limining Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘limi xodimlari tomonidan 26-fevral kuni Samarqand shahrida o‘tkazgan tezkor tadbiri natijasida 1986-yilda tug‘ilgan K.P va 1992-yilda tug‘ilgan G‘.M. alkogolli mahsulotlarni noqonuniy ravishda sotayotganligi aniqlangan.

Samarqand viloyat IIB matbuot xizmati rahbari Shirin Normatovaning “Daryo”ga ma’lum qilishicha, K.P va G‘.M. Samarqand shahridagi Quyi Xo‘jasoat mahallasida o‘tkazilgan reyd davomida maxsus xaridorga 0,5 litrli “Juravli” nomli qo‘lbola yasalgan 225 dona aroqning har bir donasini 8500 so‘mdan 1 912 500 so‘mga, 0,5 litrli “Filatov” nomli qo‘lbola yasalgan 30 dona aroqning har bir donasi 12 000 so‘mdan 360 000 so‘mga sotgan.

Olib borilgan tezkor tadbir davomida K.P va G‘.M.ning yashash uyidan aroq mahsulotlarini ushlab turishga mo‘ljallangan 117 dona karton, aroqlarni o‘rashga mo‘ljallangan sellofanlar, Tojikistonda ishlab chiqarilgan sig‘imi 1 litrlik plastmassa baklajkadagi “Ruslan” nomli 10 dona aroq mahsulotlari topilgan.

Shuningdek, 167 dona turli nomdagi sig‘imi 0,5 litrlik va 0,7 litrlik shishalar, 2630 dona aroq mahsulotlarini bo‘yin qismiga kiydiriladigan “Juravli” aroq yorliqlari, bir dona voronka, sig‘imi 0,5 litr bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi aksiz markalari yelimlangan jami 30 shisha “Filatov” nomli aroqlari va 225 shisha sig‘imi 0,5 litr bo‘lgan aksiz markalari yelimlanmagan “Juravli” nomli aroqlar ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holat yuzasidan K.P va G‘.M.ga nisbatan Jinoyat Kodeksining tegishli moddallari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, surishtiruv ishlari olib borilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-03-2019, 10:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 76) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют