» » “Barselona” — “PSJ” o‘yinidagi oltinchi goldan keyin Kataloniyada zilzila, Gabonda muxlislar o‘rtasida qotillik kuzatildi

“Barselona” — “PSJ” o‘yinidagi oltinchi goldan keyin Kataloniyada zilzila, Gabonda muxlislar o‘rtasida qotillik kuzatildi


Yevropa Chempionlar ligasining nimchorak finalidan o‘rin olgan “Barselona” — “PSJ” o‘yini borasidagi muhokamalar hozir ham to‘xtamagan. Kataloniya klubining fantastik ishni amalga oshirganidan tortib, unga bu borada hakamlar yordam berganigacha katta mavzuga aylanib ketgan.

“Gazeta.ru”ning Yahoo! Sports’ga asoslanib ma’lum qilishicha, o‘yin natijasi gabonlik 18 yoshli yigitni yakunda qotilga aylantirdi. “PSJ” klubiga muxlislik qiluvchi yigitning fig‘oni falakka yetib turgan bir vaqtda do‘stining hazillari unga ortiqchalik qildi. Uning so‘nggi qarori mazah qilishdan to‘xtamayotgan do‘stning bo‘yniga zarba berish bo‘ldi.

Ma’lum qilinishicha, jabrlanuvchi shifoxonaga yetish arafasida olamdan ko‘z yumgan. Qotil esa hibsga olingan. Uning qayd etishicha, xayolida do‘stini o‘ldirish fikri bo‘lmagan. Shunchaki alkogol ta’sirida qanday ishga qo‘l urganini tushunmay qolgan.

Sport.es nashri esa Serxi Roberto tomonidan urilgan hal qiluvchi gol Kataloniyadagi kichik zilzilaga sabab bo‘lgani haqida yozdi. Mikro yer qimirlashi shahar aholisining quvonchi, hayqirig‘i va tinmay depsinishidan keyin kuzatilgan.

“Kamp Nou” stadionidan u qadar uzoq bo‘lmagan joyda Jaume Almera tadqiqot instituti joylashgan bo‘lib, uning seysmograf xodimlari mikro yer silkinishlarini aniqlagan. Ba’zida bunday silkinishlarga odamlarning o‘zi sababchi bo‘ladi. Bunday tipdagi zilzilaning eng yuqori cho‘qqisi esa “Barselona” ishtirokidagi o‘yindan keyin sodir bo‘ldi.

Rixter shkalasi bo‘yicha bir magnitudaga yaqin bo‘lgan silkinishni odamlar tabiiyki, sezmaydi. Biroq shkala ko‘rsatkichlari seysmostansiyalarda o‘z asoratlarini qoldiradi.

Опубликовано: admin (11-03-2017, 11:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 52) ( 0) ( 50) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют