» » Chirchiqda yigitlik burchini o‘tagan askarlar uylariga kuzatildi (foto)

Chirchiqda yigitlik burchini o‘tagan askarlar uylariga kuzatildi (foto)


Chirchiq oliy tank qo‘mondonlik-muhandislik bilim yurti o‘quv jarayonini ta’minlash bo‘linmasida muddatli harbiy xizmatni o‘tab bo‘lgan yigitlarni taqdirlash hamda ularni tantanali ravishda kuzatish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati “Daryo”ga ma’lum qildi.

Unda Chirchiq shahar hokimiyati vakillari, Yoshlar ittifoqi shahar kengashi faollari, o‘quvchi yoshlar, bilim yurti shaxsiy tarkibi hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.

Qurolli Kuchlar Markaziy ashula va raqs ansambli sozandalari va xonandalari tomonidan ijro etilgan kuy-qo‘shiqlar askarlarni davraga chorladi. Bilim yurti kursantlari namoyish etgan qo‘l jangi elementlari bilan chiqishlari esa o‘quvchi yoshlarda yorqin taassurot qoldirdi.

Harbiy orkestr sadolari ostida navqiron posbonlar peshma-pesh taqdirlandi.

“Muddatli harbiy xizmatni o‘tash davomida askarlarimiz qalbida vatanparvarlik, Vatanni sevish, yurtga sadoqat tuyg‘ulari kuchaytirildi. Yakuniy test sinovlaridan muvaffaqiyatli o‘tib, namunali xizmati bilan quroldoshlariga o‘rnak bo‘lgan oddiy askarlar imtiyozli tavsiyanoma, faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi”, – deydi bilim yurti boshlig‘ining o‘rinbosari podpolkovnik Akrom Shohakimov.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Prezidentining 2019-yil 22-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining muddatli harbiy xizmatni o‘tash tartibini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan joylarda chaqiruv yoshidagi fuqarolarni milliy armiyamiz saflariga tantanali kuzatish marosimlari ham boshlangan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-03-2019, 17:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 29) ( 0) ( 27) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют