» » YChLda “Yuventus”dan “tarsaki yegan” “Atletiko Madrid” La Ligada ham yutqazib qo‘ydi (video)

YChLda “Yuventus”dan “tarsaki yegan” “Atletiko Madrid” La Ligada ham yutqazib qo‘ydi (video)


16-mart, shanba kuni futbol bo‘yicha Ispaniya chempionatining 28-turi doirasida kunning so‘nggi 2 ta uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Yevropa Chempionlar Ligasi 1/8 finalining javob uchrashuvida “Yuventus”ga mag‘lub bo‘lgan Diyego Simeone boshliq Madridning “Atletiko” klubi “Atletik Bilbao” maydoniga safar qildi.

Bellashuvning 73-daqiqasida mezbon jamoa a’zosi Inaki Uilyams hisobni ochgan bo‘lsa, 85-daqiqaga kelib Kenan Kodro Yan Oblak qo‘riqlayotgan darvozani ishg‘ol qildi (2:0).

Shu tariqa madridliklar mehmonda kechgan bahsda “Atletik Bilbao”ga mag‘lub bo‘ldi va 3 ochkodan mahrum bo‘ldi.

La Liga

28-tur bahslari

16-mart, shanba

Gollar: 0:1 — 13 Portu, 0:2 — 22 Portu

Gollar: 1:0 — 73 Uilyams, 2:0 — 85 Kodro

Atletik Bilbao”: Errerin, de Markos, Nunyes, Alvares, Berchiche, Mikel, Garsiya, Gomes (Lekue, 90), Raul Garsiya (Kodro, 85), Muniain (Kordoba, 71), Uilyams

Atletiko Madrid”: Oblak, Xuanfran (Korrea, 80), Ximenes, Godin, Nyiges, Grizmann, Tomas, Ernandes, Koke, Kosta, Morata

Ogohlantirishlar: Raul Garsiya (37), Ernandes (45), Mikel (77), Alvares (82).

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-03-2019, 10:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 59) ( 0) ( 58) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют