» » O‘zbekistonda OTMlarni nufuzli universitetlar ro‘yxatiga kiritish bo‘yicha xalqaro agentlik bilan yana ikki bitim imzolandi

O‘zbekistonda OTMlarni nufuzli universitetlar ro‘yxatiga kiritish bo‘yicha xalqaro agentlik bilan yana ikki bitim imzolandi


Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligida “Ilm-fan – 2020” milliy rivojlanish dasturi doirasida QS (Quacquarelli Symonds) xalqaro reyting agentligi hamda Niderlandiyaning Elsevier kompaniyasi bilan oliy ta’lim muassasalarining xalqaro reytingga kirishini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha strategik bitimlar tuzildi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati ma’lum qildi.

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri Inomjon Majidov va QS xalqaro reyting agentligining mintaqaviy direktori Zoya Zayseva tomonidan oliy ta’lim muassasalarining QS bo‘yicha xalqaro universitetlar reytingiga kirishini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha bitim imzolandi.

Kelishuv doirasida Intelligence Unit QS xalqaro reyting agentlikning ochiq va ichki ma’lumotlaridan foydalangan holda OTMlarga xalqaro reytingga kirish metodologiyasini ishlab chiqish kabi tashkiliy ishlarda yordam beradi.

Vazirlik va Elsevier kompaniyasi o‘rtasidagi kelishuvga ko‘ra, kompaniyaning Digital Commons (Bepress) loyihasi respublikadagi oliy ta’lim muassasalarining 41 ta ilmiy jurnallarini o‘zida birlashtirgan noyob platformayaratadi.

Hamkorlik samarasini oshirish uchun xalqaro talablar asosida bu kabi platformalar yaratish orqali O‘zbekiston Markaziy Osiyoning ilmiy va ta’lim markazi (xab)ga aylanishida yana bir muhim qadam qo‘yadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-03-2019, 19:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 37) ( 0) ( 35) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют