» » O‘zbek kursantlari Xalqaro teatr kunini nishonladi

O‘zbek kursantlari Xalqaro teatr kunini nishonladi


O‘zbekiston Qurolli Kuchlari akademiyasida 27-mart – Xalqaro teatr kuni munosabati bilan badiiy kecha bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Unda akademiya kursantlari tomonidan tashkil etilgan “Buyuk sarkardalar vorislari” ilmiy to‘garagi a’zolarining sahnaviy chiqishlari namoyish etilgan. Uchta alohida-alohida teatrlashtirilgan kompozitsiya akademiya professor-o‘qituvchilari va kursantlari tomonidan yuqori baholangan.

Birinchi kurs kursantlari tomonidan sahnalashtirilgan Jaloliddin Manguberdi kompozitsiyasi o‘zining yangicha yondashuvi, kursantlar va akademiya o‘qituvchilarining birdamligi va tarixiy haqiqatga tayanilgani bilan ajralib turgan.

“Avvalo shuni aytish kerakki, akademiya kursantlari maxsus aktyorlik saboqlarini olmagan. Lekin sahnada hech bir teatr tomoshasidan kam bo‘lmagan kompozitsiyalarni ko‘rdik. Demak, ulug‘ ajdodlarimiz hayoti, ularning ibratli amallari, yurtga bo‘lgan cheksiz mehr-muhabbati qalbida Vatan ishqi bor bo‘lgan har bir inson uchun begona emas. Balki shuning uchun ham kursantlarimiz tomonidan sahnalashtirilgan tomoshalar har jihatdan to‘kis bo‘lgandir”, – deydi Qurolli Kuchlar akademiyasi dotsenti, psixologiya fanlari nomzodi Ahmadjon Beknazarov.

Bundan tashqari, Sohibqiron Amir Temur hamda shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur hayotiga bag‘ishlangan sahna tomoshalari ham yig‘ilganlarga manzur bo‘lgan.

Akademiyaning 47 nafar kursantlaridan iborat “Buyuk sarkardalar vorislari” ilmiy to‘garagi kelgusida O‘zbekistondagi barcha harbiy ta’lim maskanlari sahnalarida o‘z tomoshalarini qo‘yishni rejalashtirmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-03-2019, 07:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 95) ( 0) ( 94) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют