» » Jizzaxda odam urib yuborgan haydovchi jazoga tortildi

Jizzaxda odam urib yuborgan haydovchi jazoga tortildi


2019-yilning 27-yanvar kuni fuqaro R.To‘rayev “Vaz-21093” rusumli avtomashinada yo‘lning narigi tomoniga harakatlanib o‘tayotgan piyoda O.Kenjayevni avtomashina old qismi bilan urib yuborib, yo‘l-transport hodisasini sodir etgan. Bu haqda Jinoyat ishlari bo‘yicha Mirzacho‘l tuman sudi raisi “Daryo”ga ma‘lum qildi.

Ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan, O.Kenjayev olgan tan jarohatlari tufayli Do‘stlik tumani tibbiyot birlashmasining jonlantirish bo‘limida vafot etgan.

O‘tkazilgan sud tibbiy ekspertizasining 2019-yilning 4-fevraldagi xulosasiga ko‘ra, O.Kenjayevning olgan tan jarohati “Hayot uchun xavfli bo‘lgan og‘ir tan jarohatlar” deb baholanib, uning o‘limiga olib kelgan.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Mirzacho‘l tuman sudi R.To‘rayevni JK 266-moddasining 2-qismi bilan aybli topib, unga nisbatan ikki yilga transport vositalarini boshqarish huquqidan mahrum etish, har oylik ish haqining 30 foizini davlat daromadiga ushlab qolgan holda uch yil muddatga axloq tuzatish ishlari jazosi tayinlagan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-04-2019, 13:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 86) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют