» » Qanday hollarda xodimning ish joyi (lavozimi) va o‘rtacha ish haqi saqlanadi?

Qanday hollarda xodimning ish joyi (lavozimi) va o‘rtacha ish haqi saqlanadi?


Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” kanalida xodimning ish joyi (lavozimi) va o‘rtacha ish haqi saqlanadigan holatlar haqida ma’lumot berildi.

Xodim jamiyat manfaatlariga doir harakatlar qilganda (avariyalar, tabiiy ofatlarning oqibatlarini tugatish, inson hayotini saqlab qolish va boshqa hollarda) ana shu davrda uning ish joyi (lavozimi) va o‘rtacha ish haqi saqlanadi.

Tibbiy tekshiruvdan o‘tadigan kuni va quyish uchun qon topshiradigan kuni xodimlarga sog‘liqni saqlash muassasalariga borishlariga ish beruvchi moneliksiz ruxsat berishi shart.

Donorlik qiluvchi xodimlarga har safar quyish uchun qon topshirgan kunning ertasiga albatta dam olish uchun bir kun beriladi. Xodimning xohishiga ko‘ra bu kun ta’tilga qo‘shib beriladi. Tekshiruvdan o‘tadigan va quyish uchun qon topshiradigan kuni ishdan ozod etilgan davr uchun, shuningdek dam olish kunlari xodimning o‘rtacha ish haqi saqlanadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-04-2019, 22:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 76) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют