» » O‘zbekistonliklar yil boshidan buyon ko‘proq Qozog‘iston, Rossiya va Isroilga ko‘chib ketdi

O‘zbekistonliklar yil boshidan buyon ko‘proq Qozog‘iston, Rossiya va Isroilga ko‘chib ketdi


Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlraga ko‘ra, o‘zbekistonliklar yil boshidan buyon doimiy yashash uchun ko‘proq Qozog‘iston, Rossiya va Isroil davlatlariga ko‘chib ketgan. Bu haqda Spot xabar berdi.

O‘zbekistonda yanvar-mart oyilarida doimiy yashash uchun ko‘chib kelganlarning soni 767 kishini, ko‘chib ketganlarniki esa 2863 kishini tashkil etgan.

Ko‘chib kelganlar ko‘proq Tojikiston (26,2 foiz), Qozog‘iston (24,9 foiz) va Qirg‘iziston (16,4 foiz) davlatlaridan kelgan.

Ko‘chib ketganlarning ko‘pchiligi esa Qozog‘iston (47,9 foiz),  Rossiya (45,6 foiz ) va Isroilga (1,1) borgan.

Migratsiya saldosi minus 2,1 ming kishini tashkil etgan bo‘lib, 2018 yilning shu davrida bu ko‘rsatkich minus 2,5 ming kishiga teng bo‘lgan.

Migratsiya saldosining yuqori darajasi Qashqadaryo (minus 1,4 ming kishi), Samarqand (minus 1,3 ming kishi) va Toshkent, Buxoro (minus 0,8 ming kishi) viloyatlarida qayd etilgan. Migratsiya saldosining ijobiy darajasi Toshkent shahrida (plyus 5,8 ming kishi) kuzatilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-04-2019, 14:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 71) ( 0) ( 70) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют