» » Schneider Electric O‘zbekistonning raqamli iqtisodiyotini rivojlantiradi

Schneider Electric O‘zbekistonning raqamli iqtisodiyotini rivojlantiradi


Energetikani boshqarish va avtomatlashtirish bo‘yicha global ekspert Schneider Electric O‘zbekistonda ofisi ochilishini e’lon qildi. Bu haqda kompaniya vakillari “Daryo”ga xabar berdi.

Shu munosabat bilan o‘tkazilgan ishbilarmonlik konferensiyasida O‘zbekiston iqtisodiyot va sanoat vazirining o‘rinbosari Botir Usmonov, shuningdek, Fransiyaning O‘zbekistondagi elchisi Violen de Vilmor mamlakatdagi raqamli rivojlanishi haqidagi o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi.

O‘z navbatida Schneider Electric kompaniyasi rahbarlari O‘zbekistonning energetika, neft-gaz, transport, sanoat va qurilish sanoatini yanada samarali rivojlantirishga yordam beradigan yechimlari haqida so‘zlab berdi.

Tadbir doirasida mehmonlar, “O‘zbekenergo”, “O‘zbekneftgaz”, “O‘zkimyosanoat”, Tashkent City, Beeline, “O‘zbekatom” kabi yirik kompaniya vakillari Schneider Electric’ning past kuchlanishli va yuqori voltli uskunalarini ishlab chiqaradigan Energo Systama NVA shirkatiga tashrif buyurdi. Ushbu yechimlar allaqachon OKMK, Discover Invest, “Toshkent metallurgiya zavodi”, “O‘zbektelekom”, “Navoiyazot”, “Maksam-Chirchiq”da amalga oshirilib kelinadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-04-2019, 10:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 88) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют