» » Tailandda qirolga toj kiydirish marosimiga 200 mingdan ortiq tomoshabin tashrif buyurishi mumkin

Tailandda qirolga toj kiydirish marosimiga 200 mingdan ortiq tomoshabin tashrif buyurishi mumkin


Joriy yilning may oyida Bankokda o‘tkaziladigan Tailand qiroli Maha Vajiralongkornga toj kiydirish marosimiga 200 mingdan ziyod kishi tashrif buyurishi mumkin. Bu haqda “TASS” xabar berdi.

Xabarda aytilishicha, 5—6-may kunlari Sanam Luang (Qirol saroyi oldidagi oval maydon) va Katta saroy devorlari bo‘ylab maydon qirollik marosimini kuzatishni xohlagan tomoshabinlar uchun ochiq bo‘ladi.

Poytaxt administratsiyasi shaharning marosim o‘tkaziladigan oltita hududida bepul ovqatlar tashkil etishni rejalashtirgan. Hokimlik ham xususiy sektorni ichimlik suvi tarqatilishida ishtirok etishga chaqirmoqda.

Bundan tashqari, 68 ta uy egalari marosim o‘tkaziladigan kuni ularning vannaxonalaridan foydalanishga ruxsat berishga rozi bo‘lgan. Boshqa provinsiyalardan kelganlar bir mingga yaqin kishilar uchun joy bo‘lgan Tailand—Yapon yoshlar markazida tunashlari mumkin.

Rama X 70 yil davomida qirollikni boshqargan otasining o‘limidan 50 kun o‘tgach, 2016-yilning 1-dekabr kuni taxtga o‘tirgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-04-2019, 12:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 89) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют