» » China Dragons jamoasi Uzbek Tigersga qarshi janglar uchun Toshkentga eng yaxshi bokschilarini olib keladi

China Dragons jamoasi Uzbek Tigersga qarshi janglar uchun Toshkentga eng yaxshi bokschilarini olib keladi


Butunjahon boks seriyasi (WSB) C guruhi 4-turida Uzbek Tigers bokschilari Xitoyning China Dragons jamoasiga qarshi jang qiladi. Bellashuvlar 18-mart, shanba kuni Toshkentdagi Ozbekiston sport majmuasida bolib otadi.

Bolajak janglarda Uzbek Tigers sharafini himoya qiladigan bokschilarmalum qilingandi. Qozogistonda Astana Arlansdan yengilgan tarkib bu safar xitoylik bokschilarga qarshi ringga kotariladi.

-52 kilogramm: Abrorjon Qodirov;

-60 kilogramm: Murodjon Ahmadaliyev;

-69 kilogramm: Shahram Giyosov;

-81 kilogramm: Bektemir Meliqoziyev;

+91 kilogramm: Bahodir Jalolov.

Sports.uz nashrining xabar berishicha,xitoyliklar Toshkentdagi janglar uchun eng yaxshi bokschilarini olib keladi. Quyida China Dragonsning tarkibi bilan tanishing.

-52 kilogramm: Yong Chang (2016-yilgi Xitoy chempioni);

-60 kilogramm: Sen Vang (Xitoyning amaldagi chempioni);

-69 kilogramm: Vey Liu (2015-yilgi jahon chempionati sovrindori);

-81 kilogramm: Jiabin Xuang (2016-yilgi Xitoy chempioni);

+91 kilogramm: Xaypeng Mu (2015-yilgi Xitoy chempioni).

Eslatib otamiz, WSB doirasida Uzbek Tigers 2017-yil hisobidan uchta jang otkazdi. Ozbekistonlik bokschilar avvaliga Xitoyda China Dragonsdan 2:3 hisobida yengilgan bolsa, keyinroq Qozogistonda Astana Arlansga 1:4 hisobida imkoniyatni boy bergandi. Toshkentda bolib otgan 3-turda Uzbek Tigers Rossiyaning Patriot Boxing Team jamoasini 5:0 hisobida taslim qilgandi.

Mavzuga doir:Uzbek Tigers Toshkentdagi ishonchli galabasiga qaramay guruhda songgi orinda. Astana Arlans yaqqol peshqadam

Daryoning Telegramdagi rasmiy kanali @toshqindaryoga azo boling!

: admin (16-03-2017, 16:44)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 5) ( 0) ( 3) ( 2)
:
-
:
20 ... -