» » China Dragons jamoasi Uzbek Tigers’ga qarshi janglar uchun Toshkentga eng yaxshi bokschilarini olib keladi

China Dragons jamoasi Uzbek Tigers’ga qarshi janglar uchun Toshkentga eng yaxshi bokschilarini olib keladi


Butunjahon boks seriyasi (WSB) “C” guruhi 4-turida Uzbek Tigers bokschilari Xitoyning China Dragons jamoasiga qarshi jang qiladi. Bellashuvlar 18-mart, shanba kuni Toshkentdagi “O‘zbekiston” sport majmuasida bo‘lib o‘tadi.

Bo‘lajak janglarda Uzbek Tigers sharafini himoya qiladigan bokschilar ma’lum qilingandi. Qozog‘istonda Astana Arlans’dan yengilgan tarkib bu safar xitoylik bokschilarga qarshi ringga ko‘tariladi.

-52 kilogramm: Abrorjon Qodirov;

-60 kilogramm: Murodjon Ahmadaliyev;

-69 kilogramm: Shahram G‘iyosov;

-81 kilogramm: Bektemir Meliqo‘ziyev;

+91 kilogramm: Bahodir Jalolov.

“Sports.uz” nashrining xabar berishicha, xitoyliklar Toshkentdagi janglar uchun eng yaxshi bokschilarini olib keladi. Quyida China Dragons’ning tarkibi bilan tanishing.

-52 kilogramm: Yong Chang (2016-yilgi Xitoy chempioni);

-60 kilogramm: Sen Vang (Xitoyning amaldagi chempioni);

-69 kilogramm: Vey Liu (2015-yilgi jahon chempionati sovrindori);

-81 kilogramm: Jiabin Xuang (2016-yilgi Xitoy chempioni);

+91 kilogramm: Xaypeng Mu (2015-yilgi Xitoy chempioni).

Eslatib o‘tamiz, WSB doirasida Uzbek Tigers 2017-yil hisobidan uchta jang o‘tkazdi. O‘zbekistonlik bokschilar avvaliga Xitoyda China Dragons’dan 2:3 hisobida yengilgan bo‘lsa, keyinroq Qozog‘istonda Astana Arlans’ga 1:4 hisobida imkoniyatni boy bergandi. Toshkentda bo‘lib o‘tgan 3-turda Uzbek Tigers Rossiyaning Patriot Boxing Team jamoasini 5:0 hisobida taslim qilgandi.

Mavzuga doir: Uzbek Tigers Toshkentdagi ishonchli g‘alabasiga qaramay guruhda so‘nggi o‘rinda. Astana Arlans yaqqol peshqadam

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (16-03-2017, 16:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 57) ( 0) ( 56) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют