» » Rossiya O‘zbekistonda sun’iy yonilg‘i ishlab chiqarish zavodini quradi

Rossiya O‘zbekistonda sun’iy yonilg‘i ishlab chiqarish zavodini quradi


Rossiya eksport markazi O‘zbekistonda 600 million dollarlik loyihalar amalga oshirishni rejalashtirmoqda, bu haqda markazning O‘zbekistondagi vakili Dmitriy Proxorenko Toshkentda bo‘lib o‘tayotgan Expo-Russia Uzbekistan 2019 ko‘rgazmasida bergan ma’lumotiga tayanib Sputnik xabar qildi.

“Biz hozir 600 million dollarlik loyihalarni ko‘rib chiqmoqdamiz. Bu loyihalar shu yil taklif etilgan yangi tashabbuslar”, — dedi Proxorenko ko‘rgazmada.

Uning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekistonda Rossiya ishtirokida Toshkentda metallurgiya zavodi, O‘zbekiston janubida umumiy qiymati 450 million dollar bo‘lgan sun’iy yonilg‘i ishlab chiqarish GTL zavodi qurish rejalashtirilgan.

Eslatib o‘tamiz, Toshkentda boshlangan Expo-Russia Uzbekistan 2019 ko‘rgazmasi Rossiyaning OAO “Zarubej-Ekspo”, Rossiya Eksport markazi, Xalqaro tinchlik fondlari assotsiatsiyasi va O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi ishtirokida tashkil etilgan.

Ma’lumot uchun, Rossiya O‘zbekistonning eng yirik savdo hamkorlaridan biridir. Rossiya tomonidan O‘zbekiston iqtisodiga kiritilgan sarmoyalar 9 milliard dollar atrofida. Ikki mamlakat orasida savdo aylanmasi 6 milliard dollarga yaqin.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-04-2019, 05:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 104) ( 0) ( 102) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют