» » Niderlandiya bosh vaziri Zelenskiyga qo‘ng‘iroq qilib, MH17 halokatini eslatdi

Niderlandiya bosh vaziri Zelenskiyga qo‘ng‘iroq qilib, MH17 halokatini eslatdi


Niderlandiya bosh vaziri Mark Ryutte aktyor Vladimir Zelenskiyga qo‘ng‘iroq qilib, Ukraina prezidenti saylovida g‘alaba qozongani bilan tabrikladi, deb xabar berdi “RBK”.

Ryuttening so‘zlariga ko‘ra, ular mintaqadagi barqarorlik to‘g‘risida suhbatlashgan. Shuningdek, Ryutte va Zelenskiy MH17 reysining Donbassdagi halokati sabablari bo‘yicha surishtiruvni kuchaytirish muhimligini muhokama qilgan.

“Men hamkorlikda ish olib borishni sabrsizlik bilan kutaman”, — deb so‘zlarini yakunlagan Ryutte Twitter’da qoldirgan xabarida.

Eslatib o‘tamiz, Malaysia Airlines’ning Amsterdamdan Kuala-Lumpurga MH17 reysi bilan uchib ketayotgan Boeing 777 samolyoti 2014-yil 17-iyul kuni Donbass hududida urib tushirilgan edi. Samolyot bortida bo‘lgan 298 kishining barchasi halok bo‘lgan. Ularning ko‘pchiligi Niderlandiya fuqarolari edi.

Keyinchalik mamlakat rasmiylari Xalqaro tergov guruhini (JIT) tashkil etgan. Uning tarkibiga Niderlandiyadan tashqari Belgiya, Avstraliya, Ukraina va Malayziya vakillari ham kirgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-04-2019, 19:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 87) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют