» » Qarshi tumanidagi bolalar bog‘chasida “tuman hokimi topshirig‘i bilan” pilla parvarish qilinmoqda. Tuman hokimi esa pillani bog‘cha binosida boqishga ruxsat bermaganini aytdi

Qarshi tumanidagi bolalar bog‘chasida “tuman hokimi topshirig‘i bilan” pilla parvarish qilinmoqda. Tuman hokimi esa pillani bog‘cha binosida boqishga ruxsat bermaganini aytdi


“Daryo”ning Telegram’dagi manziliga yo‘llangan galdagi murojaatlarning biriga ilova qilingan videoda Qarshi tumanidagi bolalar bog‘chasida pilla boqilayotgani iddao qilinadi. Videoda ko‘rinishidan bog‘cha mas’uli ekanligi bilinib turgan pedagog pilla parvarishlayotgan kishilarga qarata “Pilla kimniki? Siz farzandingizni pilla boqilayotgan bog‘chaga qo‘yarmidingiz, kim bog‘chada pilla boqishga ruxsat berdi” – deya savol beradi. Suhbatdoshlardan biri savolga javoban pilla boqishga tuman hokimi o‘rinbosari Mirsaidova ruxsat berganini aytadi. Yana bir suhbatdosh esa pilla uniki ekanligini, bog‘cha mas’uliga “Prezident farmoniga qarshimisan” deya uni haydashga urinadi.

“Daryo” muxbiri ushbu murojaatni o‘rganish maqsadida Qarshi tumanidagi Cho‘li ota qishlog‘ining “Xoniyon” mahallasida bo‘ldi.

— Hokim topshirig‘i bilan 2018-yil noyabr oyida paxta mavsumiga jalb etilgan mahalladoshlar farzandi va hududdagi bolalarni qamrab olish maqsadida “Otabek” nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasi faoliyatini yo‘lga qo‘ygandik, — deydi muassasa mulkdori Gullola Alimova. – Tumanimiz hokimi G‘ayrat Begaliyevning topshirig‘i bilan bizga mahallamizdagi bo‘sh va ayni paytda foydalanilmayotgan eski “SPTU” binosi berildi. Eski binoni ta’mirlab, foydalanishni boshladik. Ammo ayni kunda bog‘chamizga pilla olib kelib boqishayotgani tushunarsiz bo‘layapti.

Gullola Alimovaga ko‘ra, “Otabek” nodavlat maktabgacha ta’lim muasasasiga Qarshi tuman Davlat xizmatlari agentligi tomonidan 2018-yil 5-noyabr kuni №647540 raqamli guvohnoma berilgan. Ayni kunda mazkur nodavlat ta’lim muasasasi hududdagi 75 nafar bolani qamrab olgan.

— Tumanimiz hokimi “bo‘sh turgan joylarga pilla boqasizlar” degach, shu joyga pilla olib keldik, — deydi “Xoniyon” mahalla fuqarolar yig‘ini raisi Akrom Rajabov. – Chunki binoning bir tomoni bo‘sh. Qolaversa, bu bino ma’muriy idora, bog‘chaga mos joy emas. Bolalar maydonchasi bo‘lmasa bu yerda. Talabga javob bermaydi. Men ham xohlasam Prezidentga yoki viloyat prokuroriga bitta xat beraman, kelib tekshirishsa yutqazadi. Sabr qilib turishsin 20 kunda chiqib ketamiz.

Ma’lum bo‘lishicha, nodavlat bog‘cha joylashgan bino tumandagi Qoratepa xizmat ko‘rsatish va servis kasb-hunar kolleji balansida.

“Xoniyon” MFY kotibasi Sumanbar Umirovaning aytishicha, mazkur nodavlat bog‘cha egasiga foydalanib turgan binosiga egalikni tasdiqlovchi tuman hokimi qarori ham chiqmagan.

— Bino ham paxta mavsumida vaqtincha foydalanishga berilgandi, — deydi Sumanbar Umirova. – Ta’mirlab, talab darajasiga keltirish aytilgandi. Ammo talab bajarilmadi. Shunday bo‘lsa-da, haligacha foydalanishmoqda. Bog‘cha noqonuniy.

Qarshi tuman maktabgacha ta’lim bo‘limi mas’uli Sardor Rasulovning ma’lumot berishicha, “Otabek” nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasi faoliyati qonuniy.

— Guvohnoma olgan, ayni paytda 75 nafar bola tarbiyalanmoqda, — deydi Sardor Rasulov. – Bino masalasi muammoli bo‘lib turgani uchun hali ta’mirlash ishlari bitmagan.

MFY raisi Akrom Rajabov tuman hokimligining kadrlar bo‘limi boshlig‘i va tuman mahalla jamoat fondi rahbari ham bog‘chada pilla boqilayotganini ko‘rgach ishini davom ettirishi mumkinligini aytganligini ta’kidlamoqda.

— Tuman hokimligidan kadrlar bo‘limi boshlig‘i va tuman mahalla jamoat fondi rahbari ham kecha kelib ko‘rib ketishdi, “pilla boqavering” deyishdi, — deydi rais Akrom Rajabov. – Pilla boqib bo‘lganimdan so‘ng menga bu idora umuman kerak emas.

Ushbu holat bo‘yicha tuman hokimi G‘ayrat Begaliyev fikri bilan qiziqqanimizda hokim bog‘cha binosida pilla boqishga ruxsat bermaganini aytdi.

— Pillani bog‘cha binosida boqamiz deyishganda ruxsat bermagandim, axir u yerda bolalar borku, — deydi Qarshi tumani hokimi G‘ayrat Begaliyev. – O‘sha nodavlat bog‘cha joylashgan bino yonida eski klub ham bor. O‘sha klubga pilla boqishlari mumkinligi aytgandim.

G‘ayrat Begaliyev bog‘cha egasiga binoga egalik huquqini beruvchi qaror chiqmaganini aytar ekan, kollejlar boshqarmasiga binoni balansidan chiqarib, bog‘cha uchun berishni so‘rab xat yozganini bildirdi.

— Binoni so‘rab, kollejlar boshqarmasiga xat berganmiz, — deydi tuman hokimi. – Ammo hali javob berishmadi. Shuning uchun ham binoga qaror chiqarib berolmayapmiz.

Mahalla fuqarolar yig‘ini kotibasi Sumanbar Umirovaning ma’lumot berishicha, mahallada 4405 nafar aholi istiqomat qilib, maktabgacha ta’limga qamrab olinishi lozim bo‘lgan bolalar soni 552 nafarni tashkil etadi. Hududda 12-davlat maktabgacha ta’lim muasasasi bo‘lib, bog‘chada 170 nafar bola tarbiyalanadi. Pilla boqilayotgan “Otabek” nodavlat maktabgacha ta’lim muasasasida esa ayni kunda 75 nafar bola qamrab olingan. Demakki, hududda yana 307 nafar bola bog‘chaga qamrab olinishi lozim bo‘ladi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev “Menga do‘st bo‘lishni istasangiz maktabgacha ta’limga e’tibor bering”, deya shaxsan o‘zi maktabgacha ta’lim tizimini rivojlantirish uchun bor imkoniyatini ishga solayotgan bir paytda Prezidentga yelkama-yelka turib nodavlat bog‘cha ochgan, farzandlarimiz kamoli uchun qayg‘urayotgan tadbirkorni “bog‘cha noqonuniy”, “bino talabga javob bermaydi” deya oyoq uchida ko‘rsatib bolalar tarbiyalanayotgan dargohda hatto pilla boqishgacha borgan mas’ullar ishini har qanaqasiga ham oqlab bo‘lmaydi, nazarimizda.

Maqola chop etilish arafasida Qarshi tuman maktabgacha ta’lim bo‘limi mudiri Anvar Eshonqulov “Daryo” muxbiriga qo‘ng‘iroq qilib, tuman hokimi topshirig‘iga ko‘ra pilla bog‘cha binosidan olib chiqib ketilganini aytib, bog‘cha mulkdori Gullola Alimovaning bu haqdagi bildirishnomasini taqdim etdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-04-2019, 20:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 81) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют