» » Buxoroda IIB maxsus mashinasida fuqaroning to‘satdan vafot etishi yuzasidan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi harakatdan tugatildi

Buxoroda IIB maxsus mashinasida fuqaroning to‘satdan vafot etishi yuzasidan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi harakatdan tugatildi


Vobkent tuman IIB navbatchilik qismi maxsus avtomashinasida to‘satdan vafot etgan fuqaro Shuhrat Sirojevning mast holatda avtomashina boshqargani aniqlangan. Bu haqda tuman IIB boshlig‘i birinchi o‘rinbosari, mayor Aziz Ashurov “Daryo”ga ma’lum qildi.

2018-yilning avgust oyida Shuhrat Sirojev IIB mashinasida vafot etganidan so‘ng viloyat prokurorining birinchi o‘rinbosari tomonidan JKning 206-moddasi (Hokimiyat yoki mansab vakolatidan chetga chiqish) 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va Vobkent tuman IIB xodimlarining harakatlari yuzasidan xizmat tekshiruvi tayinlangan edi.

Sirojevning o‘lim sababini aniqlash maqsadida o‘tkazilgan sudga oid tibbiy ekspertizaning birlamchi ma’lumotiga ko‘ra, fuqaroning o‘limi tilning orqaga ketishi oqibatida yuqori nafas yo‘llarining berkilishidan kelib chiqqan mexanik asfiksiya natijasida yuzaga kelgan.

Vobkent tuman IIB boshlig‘i birinchi o‘rinbosari, mayor Aziz Ashurovning bildirishicha, tuman IIB xodimlari o‘z xizmat vazifasini bajargan.

— Shu kuni Kumushkent qishlog‘i hududidagi do‘kondorlardan biridan “102” ga chaqiruv xabari kelgan. Unga ko‘ra, Shuhrat Sirojev pivo ichib, mast holatda avtomashina boshqargan. Do‘kondor Shuhrat Sirojevning bu yurishida avtohalokat sodir bo‘lishi mumkinligi ehtimoldan xoli emasligini bildirgan. Shunga asosan, tuman IIB navbatchilik qismi maxsus avtomashinasi bilan hududga borilgan va haqiqatan Sirojev pivoxonada bo‘lgan. Uning mastligini aniqlash maqsadida tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishga olib ketilgan. Yo‘lda esa o‘lim holati sodir bo‘lgan. Mazkur holat bo‘yicha esa ishni prokuratura olib bordi. Biz esa keyingi holatni aytib berolmaymiz. Chunki o‘zimiz to‘liq xabardor emasmiz. Vobkent tuman IIB navbatchilik qismi maxsus avtomashinasida bo‘lgan tizim vakillarining biri nafaqaga chiqarilgan bo‘lsa, biri Jondor tuman Jinoyat qidiruv bo‘limiga ishga jo‘natildi, — dedi Aziz Ashurov.

1983-yilda tug‘ilgan Shuhrat Sirojevning tasodifan vafot etgani xususida “Daryo” muxbiriga o‘zini tanishtirishni istamagan fuqarolardan biri quyidagilarni ma’lum qildi:

— Vafot etgan bezorilik qiladiganmas, og‘ir, bosiq, vazmin usta bola edi. Kumushkent qishlog‘i hududidagi do‘kondorlardan biri bolaning ichgan holda mashina haydaganini, avtohalokat sodir bo‘lishi mumkinligini ro‘kach qilib, “02” ga xabar yetkazgan. Quloqqa chalingan gap-so‘zlarga qaraganda, mast holdagi bu bola Kumushkent qishlog‘idan nazorat mashinasida majburlab olib kelingan, do‘pposlangan. Militsiyaxonaga yetib kelguncha, jon bergan, deyishdi. O‘z ko‘zimiz bilan ko‘rmaganmiz, shuning uchun kimnidir ayblashdan yiroqmiz.

Holatga oydinlik kiritish maqsadida Shuhrat Sirojevning onasi Muyassar Jumayeva bilan telefon orqali bog‘landik.

— Qishloqdagi yaqin qarindoshlarimizdan biri H.S. hududdagi do‘kondorlardan. O‘g‘lim va uning o‘rtasida avvaldan kelishmovchilik bor. Vaholanki, uzoq yillar o‘g‘limni Rossiyaga ishga olib ketib, ko‘p ko‘rguliklarni boshimizga soldi. O‘g‘lim mashinada jiyani Qudduz Rajabov bilan pivo ichib turganida g‘araz maqsadda “02”ga xabar bergan. Hech qanday janjal, to‘polon bo‘lmagan. Ammo shu topda militsiya xodimlari kelib, o‘g‘limni mashinadan majburan tortib tushirgan. Qarshilik ko‘rsatmoqchi bo‘lgan Qudduzning qo‘lini qayirib, sindirishgan, — dedi marhumning onasi.

Buxoro viloyati prokuraturasidan marhum Shuhrat Sirojevning o‘limi bo‘yicha jinoyat ishi harakatdan tugatilgani haqida Rahmon Sirojevga xat kelgan. Unda ish bo‘yicha o‘tkazilgan sud ekspertizasining 2018-yil 13-sentabrdagi xulosasiga ko‘ra, Shuhrat Sirojevning o‘limi – og‘iz bo‘shlig‘ida tilning orqaga ketishi oqibatida yuqori nafas yo‘llarining xiqildoq-halqum teshigi to‘liq berkilishidan kelib chiqqan mexanik asfiksiya oqibatida ro‘y bergani aytiladi. Tergov natijasiga ko‘ra, Vobkent tuman IIB XPP profilaktika inspektori H.G‘ofurovga nisbatan jinoyat ishi O‘zbekiston Respublikasi JPKning 84-moddasi 5-qismi, 2-bandiga asosan harakatdan tugatilgan.

— O‘g‘lim soppa-sog‘ edi. Unda hech qanday kasallik kuzatilmagan. Biroq, “O‘g‘lingizning ahvoli og‘ir, yuragining mazasi yo‘q ekan”, deb noxush xabarni yetkazishdi. Morgga borganimda, shundoq o‘g‘limning boshini ko‘tarsam, ikki qo‘lim qon bo‘ldi. Lat yegan, shilingan joylari ham yo‘q emasdi. Og‘ir ahvolga solingani, kaltaklangani ko‘rinib turgandi. O‘g‘limning o‘limiga asosiy sababchi bo‘lganlarga nisbatan chora ko‘rilmadi. Yuqori turuvchi organlarga murojaat etishga majburmiz, — dedi marhumning onasi Muyassar Jumayeva.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-04-2019, 16:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 82) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют