» » Toshkent hokimligi “Abu Saxiy”dagi sotuvchilar noroziligi yuzasidan tushuntirish berdi

Toshkent hokimligi “Abu Saxiy”dagi sotuvchilar noroziligi yuzasidan tushuntirish berdi


“Toshkent savdo markazi” (sobiq “Abu Saxiy”) hududidagi “Gipermarket”ga yaqin joyda savdo qilayotgan sotuvchilar orasida 29-aprel kuni norozilik kelib chiqqan. Ushbu holat yuzasidan Toshkent shahar hokimligi tushuntirish berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, “Gipermarket” atrofida savdo nuqtalari tashkil etilmagan bo‘lib, kiyim-kechaklar bilan savdo qiluvchi sotuvchilarning ayrimlari mahsulotlarini yerga yoyib, faoliyat yuritgan.

Ayni shu hududda 2019-yilgi kuzgi-qishki mavsumga tayyorgarlik yuzasidan ichimlik suvi quvurlarini yangilash ko‘zda tutilgani sababli, ularga “Chinni bozor” va “Bek baraka” savdo majmualari oralig‘idagi hududda tegishli ruxsatnoma asosida savdo qilish taklif etilgan.

Bu esa sotuvchilar o‘rtasida tushunmovchilikka sabab bo‘lgan. Ushbu holat bo‘yicha tegishli tashkilotlar mutasaddilari ishtirokida sotuvchilar bilan tushuntirish ishlari olib borilib, suv quvurlarida amalga oshirilishi rejalashtirilgan ta’mirlash-sozlash ishlari vaqtincha to‘xtatilgan.

Shuningdek, ushbu sotuvchilarning har biri bilan bozor ma’muriyati o‘rtasida istisno tariqasida 2019-yil sentabrga qadar faoliyat yuritishlarini ta’minlovchi shartnomalarni imzolash kelishilgan.

“Buning uchun esa sotuvchilar soliq idorasidan yakka tartibda tadbirkorlik bilan shug‘ullanishni kafolatlovchi ruxsatnoma olishlari talab etiladi”, — deyiladi hokimlik axborotida.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-04-2019, 13:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 112) ( 0) ( 110) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют