» » Ozbekistonda yil oxiriga qadar 17 turdagi foydali qazilmalar zaxirasi kopaytiriladi

Ozbekistonda yil oxiriga qadar 17 turdagi foydali qazilmalar zaxirasi kopaytiriladi


Oliy Majlis Senatining on toqqizinchi yalpi majlisi oldidan Senatning Agrar, suv xojaligi masalalari va ekologiya qomitasining navbatdagi majlisi bolib otdi. Unda Davlat geologiya va mineral resurslar qomitasi tomonidan joriy yilning birinchi choragi davomida amalga oshirilgan ishlar togrisidagi hisobot eshitildi, bu haqda OzA xabar qiladi.

Qayd etilganidek, mineral xomashyo bazasini rivojlantirish va qayta toldirish boyicha 2019-yilda amalga oshiriladigan geologiya-qidiruv ishlarining dasturi ishlab chiqilib, zarur vazifalar tasdiqlangan. Mazkur dasturga asosan joriy yilda jami 388 loyiha doirasida bajariladigan geologiya-qidiruv ishlariga 788 milliard som mablag ajratish rejalashtirilgan.

Ushbu mablaglar hisobidan yil yakuniga qadar oltin, kumush, uran, qorgoshin, rux, mis, volfram, kvars xomashyosi, bazalt kabi 17 turdagi foydali qazilmalar zaxiralari kopaytiriladi.

Joriy yilning birinchi choragida 329 loyiha asosida geologiya-qidiruv ishlari olib borilib, ushbu ishlarga 90,9 milliard som mablag sarflangan. Oltin, uran, volfram, temir, rangli metallar va yer osti suvlarini qidirish va zaxiralarini oshirish boyicha belgilangan reja asosida burgulash, tog-kon ishlari va zovur qazish hamda tozalash ishlari bajarildi.

Shuningdek, joriy yil yakuniga qadar amalga oshirilgan geologiya-qidiruv ishlari natijasida 30 ta yangi kon aniqlash rejalashtirilgan. Shundan birinchi chorakda sement uchun ohaktosh va bentonit gil xomashyosi boyicha 2 ta yangi kon aniqlangan.

Tadbirda sohaga xorijiy investitsiyalarni jalb qilish yonalishida olib borilgan ishlar yuzasidan malumot berildi. Shu bilan birga, sohada oz yechimini kutayotgan muammolarga ham etibor qaratildi. Xususan, geologiya-qidiruv borasida dala tog-kon ishlarini bajarish boyicha belgilangan loyihalar toliq yakunlanmagani, ayrim yonalishlardagi ishlar lozim darajada tashkil qilinmagani sababli geologiya-qidiruv ishlarini jadallashtirish maqsadida joriy yilning birinchi choragiga moljallangan asbob-uskunalar uchun ajratilgan 4,4 milliard som mablag ozlashtirilmagan.

Ichimlik suvi rerurslaridan oqilona foydalanish, hududlarda ozboshimchilik bilan qazib olingan noqonuniy quduqlarni tartibga solish va ichimlik suvi tarkibini organish borasida olib borilgan ishlar yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi.

Korib chiqilgan masalalar yuzasidan qomitaning tegishli qarori qabul qilindi.



Manba: Daryo.uz
: admin (2-05-2019, 08:14)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 4) ( 0) ( 3) ( 1)
:
-
:
:
20 ... -