» » Xorazmda fermerlar firibgarlik yo‘li bilan 103 mln so‘m pul o‘zlashtirgani ma’lum bo‘ldi

Xorazmda fermerlar firibgarlik yo‘li bilan 103 mln so‘m pul o‘zlashtirgani ma’lum bo‘ldi


Gurlan tumanida yashovchi Otabek (ismi o‘zgartirilgan) tumandagi o‘zi rahbarlik qilib kelayotgan “O.P” fermer xo‘jaligida traktorchi vazifasida ishlab kelgan ukasi Sanjar bilan oldindan jinoiy til biriktirib, fermer xo‘jaligiga tegishli bo‘lgan “TTZ 8011” rusumli traktor tirkamasining old qismiga su’niy ravishda og‘irligini 670 kilogramga oshiruvchi moslama o‘rnatgan. Bu haqda  Jinoyat ishlari bo‘yicha Xorazm viloyat sudi “Daryo”ga xabar berdi.

2018-yil paxta mavsumida “O.P” fermer xo‘jaligida yetishtirilgan paxta xom ashyosini ukasi Sanjar bilan birgalikda, 2018-yil 19-sentabr kunidan 2018-yil 12-oktabr kunigacha ushbu traktor tirkamasining old qismiga sun’iy ravishda o‘rnatilgan moslamadan foydalanib, “Gurlan paxta tozalash” AJga qarashli bo‘lgan “Paxta tayyorlov maskani”da 44 marotaba tarozidan paxta o‘tkazishib, buning oqibatida su’niy ravishda 1 navli jami 29 480 kilogramm, bahosi 103 401 000 so‘mlik paxta xom ashyosini “O.P” fermer xo‘jaligi hisobiga ortiqcha o‘tkazilishiga erishgan.

“Gurlan paxta tozalash” AJning103 401 000 so‘m miqdordagi pul mablag‘larini firibgarlik yo‘li bilan “O.P” fermer xo‘jaligi hisobiga o‘tkazilishiga erishganligi huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan aniqlangan.

2019-yil 19-aprel kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Gurlan tuman sudining raisi B.Yakubovning raisligida o‘tkazilgan ochiq sud majlisida sudlanuvchilar tomonidan jinoyat natijasida yetkazilgan moddiy zarar to‘liq qoplanganligi inobatga olinib, O‘zbekiston JKning 168-moddasi 4-qismi “a” bandi (firibgarlik) bilan Otabek va Sanjarlarga nisbatan eng kam oylik ish haqining 100 baravari miqdorida jarima jazosi tayinlandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-05-2019, 21:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 91) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют