» » Farg‘onada tug‘ilgan Shavkatjon, Ziroatxon va Saidaxonning otasiga Prezident nomidan Cobalt sovg‘a qilindi (foto)

Farg‘onada tug‘ilgan Shavkatjon, Ziroatxon va Saidaxonning otasiga Prezident nomidan Cobalt sovg‘a qilindi (foto)


Farg‘ona viloyatining Farg‘ona shahrida tug‘ilgan Shavkatjon, Ziroatxon va Saidaxonning otasiga O‘zbekiston Prezidenti nomidan Cobalt mashinasi sovg‘a qilindi. Bu haqda “Daryo” muxbiri xabar bermoqda.

Farg‘ona shahar, Osiyo ko‘chasi 1-uyda yashovchi Islomjon va Diloromxon Isroilovlar oilasida 1-may kuni uch egizak chaqaloq dunyoga kelgandi.

Ularga O‘zbekiston Prezidenti va uning oilasi sharafiga ismlar tanlandi. Egizaklarga Shavkatjon (O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev sharafiga), Ziroatxon (O‘zbekiston Prezidentining rafiqasi Ziroatxon Mirziyoyeva sharafiga) va Saidaxon (O‘zbekiston Prezidentining to‘ng‘ich qizi Saida Mirziyoyeva sharafiga) deb ism qo‘yildi.

5-may kuni chaqaloqlarning ota-onasiga Prezident nomidan Cobalt avtomashinasi, 3 egizak uchun mo‘ljallangan bolalar aravachasi va bola parvarishida zarur bo‘ladigan boshqa zarur narsalar topshirildi.

Hozirda ona va bolalarning ahvoli yaxshi. Ular shifokorlar nazoratida bo‘lib turibdi.

Shavkatjon 1 kg 944 gramm, Ziroatxon 1 kg 972 gramm, Saidaxon esa 1 kg 888 gramm vaznda tug‘ilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-05-2019, 09:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 114) ( 0) ( 112) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют