» » Fargona neftni qayta ishlash zavodiga 2022-yilgacha 875 mln dollar investitsiyalar jalb etiladi

Fargona neftni qayta ishlash zavodiga 2022-yilgacha 875 mln dollar investitsiyalar jalb etiladi


Shavkat Mirziyoyev 6-may kuni Fargona neftni qayta ishlash zavodiga tashrif buyurdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati malum qildi.

Mazkur korxona oz vaqtida Fargona vodiysidagi neft konlarini ozlashtirish va mintaqa davlatlariga neft mahsulotlarini yetkazib berish maqsadida bunyod etilgan. U hozirgi kunda ham uglevodorod xomashyosini qayta ishlash boyicha mamlakatdagi eng yirik majmualardan biri. 475 gektar maydon, 52 ta texnologik obekt uning ulkan salohiyatidan dalolat beradi. Bu yerda 70 mingdan ortiq kishi ishlaydi.

Texnika va texnologiyalar eskirgani, ishlab chiqarish asosan importga bogliq bolgani sababli korxona keyingi on yilda norentabel bolib qolgan edi. Yillik loyiha quvvati 6 million 450 ming tonna bolgani holda ishlab chiqarish bor-yogi 30 foizga tushib qolgandi.

Davlat rahbari joriy yil 21-fevral kuni neft-gaz va kimyo sanoatini rivojlantirish masalalari boyicha otkazilgan yigilishda Fargona neftni qayta ishlash zavodini investorlarning ishonchli boshqaruviga berish vazifasini qoygan edi. Shunga muvofiq 10 aprelda Fargona neftni qayta ishlash zavodini togridan-togri xorijiy investitsiyalarni jalb qilgan holda modernizatsiya qilish chora-tadbirlari togrisida Prezident qarori qabul qilindi.

Mazkur modernizatsiya jarayoni Indoneziyaning RT Trans Asia Resources xorijiy kompaniyasi bilan hamkorlikda uch bosqichda amalga oshiriladi. Kompaniyaning sohada katta tajribasi, jahon bozorida oz orni bor. Bu zavodni xomashyo bilan barqaror taminlash, uni jahon standartlari asosida qayta ishlab, ichki va tashqi bozorlarga yetkazib berishga xizmat qiladi. Kelgusida yetakchi xalqaro kompaniyalardan iborat bolgan konsorsium tashkil etish rejalashtirilgan.

Kelishuvga asosan, zavodga joriy yilning ozida kamida 300 million dollar togridan-togri investitsiyalarni jalb etiladi. Bu mablag evaziga ikki oy davomida hozirda ishlamay turgan 11 qurilmaning 7 tasidan foydalanish tiklanadi. Buning natijasida 7 ming 100 ta ish joylari saqlab qolinadi, 450 kishi oz ish orinlariga qaytadi.

Shuningdek, zavod ikki barobar koproq xomashyo bilan taminlanadi. 2020-yildan boshlab Yevro-4, Yevro-5 kabi yuqori sifatli dizel yoqilgisi ishlab chiqarishga erishiladi. Mahsulotlar tannarxi tushib, sifati oshirilishi natijasida viloyatning eksport salohiyati yanada kengayadi.

Loyiha doirasida 2022-yilgacha kamida 875 million dollar togridan-togri investitsiyalar jalb etiladi. Bu 60 yildan beri ishlab kelayotgan Fargona neftni qayta ishlash zavodi va 110 yillik tarixga ega Oltiariq neftni qayta ishlash korxonasini zamonaviy majmualarga aylantirish, ularda eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarish imkonini beradi.

Eng muhimi, yana koplab odamlar, ayniqsa, yoshlar ish bilan taminlanadi. Soliq tushumlari bir oyda qoshimcha 100 milliard somga oshadi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev zavod ishchilari va investorlar bilan suhbatlashdi.



Manba: Daryo.uz
: admin (6-05-2019, 12:44)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 6) ( 0) ( 5) ( 1)
:
-
:
:
20 ... -