» » Penzadagi maktablar prokuratura talabiga binoan o‘quvchilarning hijobda kelishini taqiqladi

Penzadagi maktablar prokuratura talabiga binoan o‘quvchilarning hijobda kelishini taqiqladi


Rossiyaning Penza shahrida joylashgan 20 ta maktab o‘quvchilarning maktab formasini kiyish to‘g‘risidagi nizomiga o‘zgartirish kiritib, ta’lim muassasasiga diniy liboslarda, jumladan, hijobda kelishni taqiqladi. Nizomga o‘zgartirish prokuratura talabidan so‘ng kiritildi, deb xabar beradi Meduza.

Idoraning ta’kidlashicha, amaldagi qonunchilik dunyoviy ta’lim prinsipini mustahkamlaydi va ta’lim muassasalarida “diniy e’tiqod huquqini amalga oshirish imkoniyatini nazarda tutmaydi”. Prokuraturaning qayd etishicha, 12 kishi intizomiy javobgarlikka tortilgan.

Penza viloyati prokuraturasining saytiga joylashtirilgan press-reliz bir necha soatdan so‘ng o‘chirib tashlangan, biroq Bosh prokuratura saytida ushbu yangilik hamon turibdi.

Eslatib o‘tamiz, 2013-yili Stavropol o‘lkasida, 2014-yili Mordoviyada maktablarga hijobda kelish taqiqlangan edi. Ikkala holatda ham mamlakat Oliy sudi ushbu taqiqlarni qonuniy deb topgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-05-2019, 09:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 25) ( 0) ( 23) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют