» » Feruzaning bir necha oydan keyin uning to‘yi bo‘lishi kerak edi. Biroq qo‘rqinchli tashxis uning orzularini armonga aylantirdi

Feruzaning bir necha oydan keyin uning to‘yi bo‘lishi kerak edi. Biroq qo‘rqinchli tashxis uning orzularini armonga aylantirdi


“Daryo” tahririyatiga Namangan viloyati Chortoq tumanida yashovchi Zulfiyaxon Dehqonova murojaat qildi. Zulfiyaxon opaning 24 yoshli qizi Feruza Sodiqova uch yildirki og‘ir dard bilan kurashadi. Shifokorlar bundan bir necha yil oldin uning ikki oy umri qolganini aytgan bo‘lsa-da, qiz metin irodasi tufayli kasallikka taslim bo‘lmadi.

Onasining aytishicha, o‘shanda Feruza unashtirilgan, bir nech oydan keyin to‘yi bo‘lishi kerak edi. Birdan umrida kasal bo‘lmagan qizning salomatligida muammolar kuzatila boshladi. U boshi og‘rig‘i va ko‘ngil aynishidan shikoyat qilardi.

“Qizim Sodiqova Feruza 2016-yil sentabr oyida bosh miya o‘zak o‘smasi tashxisi bilan Toshkent neyroxirurgiya shifoxonasiga yotqizildi.

U yerda shifokorlar qayta ko‘rigidan o‘tkazilganda bu kasallikni jarrohlik yo‘li bilan davolab bo‘lmasligi va o‘sma 3-miya qorinchasida joylashganligi sababli jarrohlik amaliyotidan voz kechildi. Shifokorlar o‘sha paytda faqatgina 3 oygina yashay olishini aytishdi. Namangan onkologiya bo‘limida ximiyaterapiya qilib turishni aytishdi. Onkologiya shifokorlari esa bemor ximiyaterapiyani ko‘tara olmasligi sababli bu amaliyotdan voz kechishdi. Shundan so‘ng qizimni MRT natijalarini Hindistonga jo‘natdik. Ular operatsiya qilish uchun 22 700 $ miqdorida pul kerakligi aytildi. Bizda bunday mablag‘ bo‘lmaganligi uchun operatsiyani keyinroqqa qoldirishga majbur bo‘ldik. Bu muddat ichida Hindistondan shifokor Pravan Kumarning o‘zi Toshkentga keldi va qizimni tekshirdi.

Doktor Kumar qizimizni yaxshilab ko‘rib boshidagi o‘sma ancha ichkarida joylashganligi, operatsiyani o‘tkazib bo‘lmasligini aytdi va biz bu operatsiyadan voz kechishga majbur bo‘ldik. Shundan so‘ng qizimizni xalq tabobati bilan davolab kelmoqdamiz. Bu muddat davomida o‘sma kattalashib bordi va qizimizning ko‘zi ko‘rmay qoldi”, — deya hikoya qiladi Zulfiyaxon opa.

Azizlar, ushbu oila hozirda juda qiyin moliyaviy ahvolda. Feruzani yana tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish, zarur bo‘lsa muolajalarni olish uchun esa pul kerak. Muqaddas Ramazon oyida bir bemor yurtdoshimizga qo‘ldan kelgunicha yordam beraylik!

Xayriya qilish uchun ma’lumotlar:

Feruzaning otasining telefon raqami: 93 -405 68 28

Otasi nomiga ochilgan plastik karta raqami: 8600 0423 8353 62076002

MFO: 00256

“Agrobank” Chortoq filialida ochilgan hisob raqam: 2312000090000025



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-05-2019, 11:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 69) ( 0) ( 69) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют