» » Samarqand davlat chet tillari institutida ispan tili markazi ochildi

Samarqand davlat chet tillari institutida ispan tili markazi ochildi


Samarqand davlat chet tillari institutiga Ispaniyaning Kastilya La-Mancha universiteti delegatsiyasi keldi. Bu haqda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ma’lum qildi.

Universitetning xalqaro aloqalar bo‘yicha prorektori Fatima Gomez boshchiligidagi delegatsiya vakillari bilan ispan tili o‘qituvchilari va talabalar almashinuvini yo‘lga qo‘yish, o‘quv adabiyotlari bilan ta’minlash, ilmiy tadqiqot sohalarida hamkorlik o‘rnatish kabi masalalar muhokama qilindi.

Shuningdek, institutning Roman-german tillari fakulteti qoshida talabalarni ispan tilini o‘rganishga rag‘batlantirish, ularga qo‘shimcha sharoit yaratish hamda bilimlarini yanada oshirish maqsadida ispan tili markazi ochildi.

Tashrif yakunida Kastilya La-Mancha universiteti va Samarqand davlat chet tillar instituti o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-05-2019, 12:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 55) ( 0) ( 53) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют