» » Lo‘li ayollar e’tiborini tortgan manzara andijonlik mutasaddilarni qachon sergaklantiradi? (foto)

Lo‘li ayollar e’tiborini tortgan manzara andijonlik mutasaddilarni qachon sergaklantiradi? (foto)


Joriy yilning mart oyi boshida saytimiz orqali “Bu axlatlar orasidan chaqaloq jasadi ham topilgan” Yohud Andijon shahridagi “Isbotli tibbiyot” xususiy klinikasi yonidagi chiqindilar uyumiga nazar” nomli tanqidiy maqola e’lon qilingan edi. Unda Andijon davlat tibbiyot instituti qarshisida joylashgan “Isbotli tibbiyot” xususiy klinikasi yonidagi chiqindilar uyumi to‘g‘risida fikr yuritilgandi.

Oradan ikki oy vaqt o‘tgach, mazkur holatni o‘rganish maqsadida yana Andijon shahrining “Gumbaz” MFY hududidagi “Ohunboboyev” ko‘chasida bo‘ldik. Bu gal ham o‘sha eski manzarani va ikki nafar lo‘li ayolning axlatlar orasida yurganini ko‘rib, ajablandik. Ularga o‘zimizni tanishtirgach, bir qancha savollarimizga javob olish maqsadida suhbatga tortdik.

“Bu yerga ko‘p yillardan beri kelamiz, — deydi o‘zini Malika, deya tanishtirgan ayol. – Chiqindilar orasidan yelim idishlar, qog‘oz, quti va shunga o‘xshash eskirgan buyumlarni izlab, topamiz va kerakli joylarga sotib, tirikchilik qilamiz. Maxsus mashinalar juda uzoq muddatda bir kelib, axlatlarni chala holatda yig‘ishtirib ketadi. Shu atrofda yashaydigan aholining ko‘pchiligi uyidan olib chiqayotgan axlatini siz ko‘rib turgan mana bu kichkinagina chiqindi qutiga tashlashga erinadi. Buning ustiga ayrim odamlar ‘Chala tozalayapsan, pokizaroq qilish’, deya tanbeh ham beradi. Biz bu axlatlar ichida yurganimizga birovdan oylik olmaymiz va ozodalikni saqlashga ham javob bermaymiz. Agarda shu yaqin atrofga maxsus axlatxona qurilsa, yaxshi bo‘lardi. Aholi ham cheksiz quvonardi”.

Lo‘li ayollar bilan suhbatlashayotgan paytimiz chiqindilarning badbo‘y hidi, pashsha va chivinlarning hujumiga bazo‘r chidadik. Kunini shu yerda ro‘zg‘or tashvishida o‘tkazayotgan lo‘lilarning sabriga esa qoyil qoldik.

Har kuni o‘nlab bemorlarni qabul qiluvchi to‘rt qavatli tibbiyot maskani yonginasidagi ushbu manzaraga muassasa rahbariyati mum tishlab o‘tirganiga hayratlandik. “Gumbaz” MFY vakillari, ekologiyani asrash borasida tashkil etilgan bir qancha davlat va nodavlat tashkilot rahbarlari qachon bu axlatlar uyumini bartaraf qilib, maxsus chiqindixona bunyod etishlari qorong‘u. Ammo ona tabiatning qalbi og‘rib, biz insonlardan qattiq ranjiyotgani shubhasiz.

Mazkur mavzuga yana qaytamiz...

Muallif: Mirolim Isajonov



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-05-2019, 21:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 99) ( 0) ( 98) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют