» » Milliy gvardiya surishtiruv olib boruvchi hamda tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organlar qatoriga qo‘shilmoqda

Milliy gvardiya surishtiruv olib boruvchi hamda tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organlar qatoriga qo‘shilmoqda


Milliy gvardiya surishtiruv olib boruvchi hamda tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organlar qatoriga qo‘shilmoqda. Bu 13-may kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasining majlisida muhokama etilgan “O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat protsessual kodeksiga hamda Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi qonun loyihasida aks etadi. Bu haqda O‘zA xabar qiladi.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Matbuot xizmatining tarqatgan xabariga ko‘ra, majlisda o‘tgan qisqa davr ichida Milliy gvardiya mamlakatda jamoat xavfsizligini ta’minlash, inson huquq va erkinliklarini himoya qilish, aholini turli xatarlardan, jinoiy va boshqa noqonuniy xatti-harakatlardan muhofaza qilishga qodir muhim organga aylanib ulgurdi. O‘z navbatida, bu boradagi vazifalarni samarali amalga oshirish, jamoat tartibini saqlash uchun mas’ul bo‘lish soha vakillariga ham qo‘shimcha huquqiy ta’sir chorasini beruvchi vakolat mexanizmlari joriy etilishini taqozo etadi.

Bosh prokuratura tomonidan qonunchilik tashabbusi huquqi asosida kiritilib, yaqinda Qonunchilik palatasi tomonidan birinchi o‘qishda qabul qilingan va ikkinchi o‘qishda ko‘rib chiqish uchun tayyorlangan ushbu qonun loyihasida Jinoyat-protsessual kodeksida Milliy gvardiyani surishtiruv olib borish vakolatiga ega bo‘lgan, shuningdek, tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organlar qatoriga qo‘shish belgilanmoqda.

Shuningdek, Jinoyat kodeksi 2501-moddasining birinchi qismida (bojxona to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzish bilan bog‘liq jinoyatlardan tashqari) va 2591-moddasida nazarda tutilgan jinoyatlar bo‘yicha surishtiruv Milliy gvardiya surishtiruvchilari tomonidan olib borilishi nazarda tutilmoqda.

Yana bir muhim jihat Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksda Milliy gvardiyaning mansabdor shaxslari tomonidan bir qator holatlarda, ya’ni 1851-moddada (pirotexnika buyumlarining qonunga xilof muomalasi) va 2101-moddada (o‘ta muhim va toifalangan obyektlarga kirish-chiqish rejimini buzish yoki ushbu obyektlarning qo‘riqlanishini ta’minlashga doir majburiyatlarni bajarmaslik) nazarda tutilgan huquqbuzarliklar aniqlangan taqdirda, ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risida bayonnoma tuzilib, bayonnomani ilova qilinadigan materiallar bilan birgalikda ko‘rib chiqish uchun sudga yuborilishini belgilashga oid yangi normalar mustahkamlanmoqda.

Qo‘mita yig‘ilishida ikkinchi o‘qishda ko‘rib chiqish uchun tayyorlangan qonun loyihasi barcha siyosiy partiyalarning Qonunchilik palatasidagi fraksiyasi a’zolari hamda tegishli ekspert va mutaxassislar tomonidan qo‘llab- quvvatlandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-05-2019, 22:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 95) ( 0) ( 94) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют