» » IIV tintuv qilingan Mahmud Rajabning uyidan “Payg‘ambarlar tarixi” kitobi olib ketilgani haqidagi ma’lumot yuzasidan rasmiy munosabat bildirdi

IIV tintuv qilingan Mahmud Rajabning uyidan “Payg‘ambarlar tarixi” kitobi olib ketilgani haqidagi ma’lumot yuzasidan rasmiy munosabat bildirdi


Ijtimoiy tarmoqlarda yuqoridagi nom bilan tarqatilgan xabar O‘zbekiston IIV huzuridagi Tergov departamenti tomonidan o‘rganib chiqilib, ma’lum qilinishicha, 2019-yilning 26-mart kuni I.Karimov nomidagi “Toshkent” xalqaro aeroportiga “Istanbul-Toshkent” yo‘nalishidagi aviareys bilan O‘zbekistonga kelgan Radjapov Maxmud Karimovichning qora rangli sumkasi bojxona xodimlari tomonidan ko‘zdan kechirilganda, undan bojxona ko‘rigida taqdim etilmagan jami 26 dona kitoblar hamda bir dona “Mi 5+” rusumli uyali telefon apparati xotirasida diniy mazmundagi, aqidaparastlik g‘oyalari bilan yo‘g‘rilgan materiallar (video, audio yozuvlar va elektron kitoblar) borligi aniqlanib, tegishli tartibda hujjatlashtirib olingan.

Mazkur holat yuzasidan 2019-yilning 30-aprel kuni “Toshkent-Aero” ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi tomonidan M.Radjapovga nisbatan Jinoyat kodeksining 246-moddasi 1-qismi (Kontrabanda) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

O‘zbekiston Bosh prokuraturasining 2019-yil 8-maydagi ko‘rsatmasiga asosan jinoyat ishi bo‘yicha dastlabki tergovni o‘tkazish Xorazm viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasiga yuklatilgan.

Jinoyat ishi bo‘yicha olib borilgan tergov harakatlari davomida, Jinoyat protsessual kodeksining 158-161, 163-moddalari tartibida, Xorazm viloyat prokuraturasi sanksiyasi (ruxsati) bilan 2019-yil 10-mayda M.Radjapovning Gurlan tumani, “Birlashgan” qishlog‘ida joylashgan xonadoni va yordamchi xo‘jaliklarida viloyat va tuman IIB xodimlari, xolislar, shuningdek, “Shang‘i” mahalla fuqarolari yig‘ini faollari ishtirokida tintuv tergov harakati o‘tkazilgan.

Tintuv davomida M.Radjapovning xonadonidan uyali telefon, noutbuk, disklar, 3 dona Turkiya davlatida chop qilingan (shu jumladan, “Payg‘ambarlar tarixi”) diniy mazmundagi kitoblar va boshqa hujjatlar o‘rganish uchun olingan. Tintuv yakunida gumon qilinuvchi M.Radjapov bayonnomaga imzo chekishdan bosh tortgan, bu haqda tintuv bayonnomasida ko‘rsatib o‘tilgan.

Bundan tashqari, tintuv tergov harakati Jinoyat protsessual kodeksining 91-moddasi 4-qismi talablariga asosan to‘liq videoyozuv vositasidan foydalangan holda qayd etilib, tintuv bayonnomasiga ilova qilingan.

Shuningdek, tergov harakatlari davomida M.Radjapovdan olingan ashyoviy dalillar bo‘yicha Jinoyat protsessual kodeksining talablari asosida tegishli (dinshunoslik, sud-siyosatshunoslik-lingvistik, kompyuter-texnik) ekspertizalar tayinlangan.

Jinoyat ishi bo‘yicha dastlabki tergov harakatlari O‘zbekiston IIV huzuridagi Tergov departamenti rahbariyati tomonidan nazoratga olingan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-05-2019, 20:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 84) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют