» » Rossiyada odam urib yuborib, uning o‘limiga sabab bo‘lgan shaxs Baxmalda jazodan ozod qilindi

Rossiyada odam urib yuborib, uning o‘limiga sabab bo‘lgan shaxs Baxmalda jazodan ozod qilindi


8-may kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Baxmal tuman sudining ochiq, sayyor sud majlisi Baxmal tumani Barlos QFY binosida S.N.Ergashev raisligida, O‘zbekiston Respublikasi JKning 266-moddasi 2-qismi bilan ayblangan Shuhrat Jabborovga nisbatan yuritilgan jinoyat ishi ko‘rib chiqdi. Bu haqda Jinoyat ishlari bo‘yicha Baxmal tuman sudining raisi S.Ergashev “Daryo”ga ma’lum qildi.

Shuhrat Jabbarov 2016-yil 23-iyul kuni soat 20:30 larda boshqaruvida bo‘lgan “Vortex Estina” rusumli, M 817 YeN 161 davlat belgili avtomashinada Rossiya Federatsiyasining Rostov-Don shahri Pervomaysk tumani hududidagi “Menjinskiy” ko‘chasidan “Rossiyskiy” ko‘chasi tomonga harakatlanib borish vaqtida amaldagi “Yo‘l harakati qoidalari”ning 77-bandida hamda 78-bandida ko‘rsatilgan “Yo‘l harakati qoidalari”ni buzib, transport vositasini belgilangan tezlikdan oshirib boshqarishi natijasida piyoda M.P.Greysni urib yuborib, uning o‘limiga sabab bo‘lgan yo‘l-transport hodisasini sodir qilgan.

Sud sudlanuvchi Shuhrat Jabborovning aybiga to‘liq iqrorligini, qilmishidan chin ko‘ngildan pushaymonligini bayon qilib, o‘ziga nisbatan qonuniy yengillik berishni so‘raganligini inobatga olib, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senatining 2016-yil 12-oktabrdagi “Amnistiya to‘g‘risida”gi Qarorining ta’sir doirasiga tushganli va Insonparvarlik prinsipiga amal qilib, Jabbarov Shuxratga JKning 266-moddasi 2-qismi bilan 2 (ikki) yil muddatga transport vositalarini boshqarish huquqidan mahrum qilingan holda 4 (to‘rt) yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinladi.

Shuhrat Jabborov O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senatining 2016-yil 12-oktabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining yigirma to‘rt yilligi munosabati bilan Amnistiya to‘g‘risida”gi Qarorining 2-bandi tatbiq etilib, tayinlangan asosiy jazodan ozod qilindi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-05-2019, 15:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 120) ( 0) ( 119) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют