» » Uzbek Tigers – China Dragons 2:0. Murodjon Ahmadaliyev Qozog‘istondagi xatosini to‘g‘riladi

Uzbek Tigers – China Dragons 2:0. Murodjon Ahmadaliyev Qozog‘istondagi xatosini to‘g‘riladi


Butunjahon boks seriyasi (WSB)ning VII mavsum “C” guruhi 4-turi doirasida O‘zbekistonning Uzbek Tigers jamoasi Toshkentdagi “O‘zbekiston” sport majmuasida Xitoyning China Dragons bokschilariga qarshi bahs olib bormoqda.

Navbatdagi jangda – 60 kilogrammga vazndagi  bokschilar bahs olib bordi. Rio–2016 Olimpiya o‘yinlari sovrindori Murodjon Ahmadaliyev xitoylik Sen Vangga qarshi jang qilib, 3:0 hisobida zafar quchdi. Uchinchi raundda o‘zbekistonlik bokschi raqibini nokdaunga uchratishga muvaffaq bo‘ldi.

Ta’kidlash joiz,  Murodjon Ahmadaliyev 18-fevral kuni Astana Arlans’ga qarshi bellashuvda Qozog‘iston vakili Zokir Safiullinga 0:3 hisobida yutqazib qo‘ygandi. Bugun Rio–2016 sovrindori avvalgi xatosini to‘g‘rilashga erishdi.

Avvalroq -52 kilogramm vazn toifasida Abrorjon Qodirov ishonchli tarzda Yong Changni mag‘lubiyatga uchratgani haqida ma’lum qilingandi.

Mazkur bellashuvdan keyin Uzbek Tigers hisobni oshirdi – 2:0. Navbatdagi janglar quyidagi ko‘rinishni olgan:

-69 kilogramm: Shahram G‘iyosov – Vey Liu;

-81 kilogramm: Bektemir Meliqo‘ziyev – Jiabin Xuang;

+91 kilogramm: Bahodir Jalolov – Xaypeng Mu.

Eslatib o‘tamiz, WSB doirasida Uzbek Tigers 2017-yil hisobidan uchta jang o‘tkazdi. O‘zbekistonlik bokschilar avvaliga Xitoyda China Dragons’dan 2:3 hisobida yengilgan bo‘lsa, keyinroq Qozog‘istonda Astana Arlans’ga 1:4 hisobida imkoniyatni boy bergandi. Toshkentda bo‘lib o‘tgan 3-turda Uzbek Tigers Rossiyaning Patriot Boxing Team jamoasini 5:0 hisobida taslim qilgandi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (18-03-2017, 19:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 108) ( 0) ( 105) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют