» » Uzbek Tigers – China Dragons 5:0. Bahodir Jalolov O‘zbekiston jamoasining yirik g‘alabasiga nokaut bilan hissa qo‘shdi

Uzbek Tigers – China Dragons 5:0. Bahodir Jalolov O‘zbekiston jamoasining yirik g‘alabasiga nokaut bilan hissa qo‘shdi


Butunjahon boks seriyasi (WSB)ning VII mavsum “C” guruhi 4-turi doirasida O‘zbekistonning Uzbek Tigers jamoasi Toshkentdagi “O‘zbekiston” sport majmuasida Xitoyning China Dragons bokschilariga qarshi bahs olib bordi.

Boks oqshomining so‘nggi jangida +91 kilogramm vazndagi bokschilar kuch sinashdi. O‘zbekiston sharafini himoya qilgan Bahodir Jalolov xitoylik Xaypeng Muga qarshi bellashdi va 3-raundda raqibini texnik nokautga uchratdi.

 

Avvalroq Uzbek Tigers vakillari Abrorjon Qodirov (-52 kg), Murodjon Ahmadaliyev (-60 kg), Shahram G‘iyosov (-69 kg) va Bektemir Meliqo‘ziyev (-81 kg)o‘z raqiblarini mag‘lubiyatga uchratishga muvaffaq bo‘lgandi. Mazkur bellashuvdan keyin Uzbek Tigers hisobni 5:0 ko‘rinishini oldi va Uzbek Tiger mavsumdagi ikkinchi g‘alabasini qo‘lga kiritdi.

Eslatib o‘tamiz, bundan avval Uzbek Tigers WSB doirasida uchta jang o‘tkazgan edi. O‘zbekistonlik bokschilar avvaliga Xitoyda China Dragons’dan 2:3 hisobida yengilgan bo‘lsa, keyinroq Qozog‘istonda Astana Arlans’ga 1:4 hisobida imkoniyatni boy bergandi. Toshkentda bo‘lib o‘tgan 3-turda Uzbek Tigers Rossiyaning Patriot Boxing Team jamoasini 5:0 hisobida taslim qilgandi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (18-03-2017, 20:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 97) ( 1) ( 95) ( 1)
Юзеры:
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей...