» » Qatorasiga ikkinchi yirik g‘alabasidan keyin Uzbek Tigers guruhda 2-o‘ringa ko‘tarildi. Astana Arlans hamon yaqqol peshqadam

Qatorasiga ikkinchi yirik g‘alabasidan keyin Uzbek Tigers guruhda 2-o‘ringa ko‘tarildi. Astana Arlans hamon yaqqol peshqadam


Butunjahon boks seriyasi (WSB)ning VII mavsum “C” guruhi 4-turi doirasida O‘zbekistonning Uzbek Tigers jamoasi 18-mart, shanba kuni Toshkentdagi “O‘zbekiston” sport majmuasida Xitoyning China Dragons bokschilariga qarshi bahs olib bordi.

Boks oqshomida ringga ko‘tarilgan barcha o‘zbekistonlik bokschilar ishonchli g‘alabalarga erishdi. Bektemir Meliqo‘ziyev (-81 kg) va Bahodir Jalolov (+91) raqiblarini hatto texnik nokautga uchratishga muvaffaq bo‘ldi.

-52 kilogramm: Abrorjon Qodirov – Yong Chang 3:0;

-60 kilogramm: Murodjon Ahmadaliyev – Sen Vang 3:0;

-69 kilogramm: Shahram G‘iyosov – Vey Liu 3:0;

-81 kilogramm: Bektemir Meliqo‘ziyev – Jiabin Xuang —Meliqo‘ziyev texnik nokaut bilan yutdi;

+91 kilogramm: Bahodir Jalolov – Xaypeng Mu — Jalolov texnik nokaut bilan yutdi.

Mazkur g‘alaba Uzbek Tigers uchun mavsumdagi ketma-ket ikkinchisi bo‘ldi. 4-mart kuni O‘zbekiston jamoasi Rossiyaning Patriot Boxing Team bokschilarini 5:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratgandi.

Uzbek Tigers yirik g‘alabaga erishgan kuni Qozog‘istonning Astana Arlans jamoasi o‘z uyida Rossiyaning Patriot Boxing Team jamoasi ustidan 4:1 hisobida ustun keldi.

“C” guruhi 4-turidan keyin qozog‘istonlik bokschilar jamoasi birorta mag‘lubiyatsiz 12 ochko bilan 1-o‘rinda bormoqda. 2 ta mag‘lubiyat va 2 ta g‘alabadan keyin Uzbek Tigers ochkolari sonini 6 taga yetkazib, guruhda 4-pog‘onadan 2-o‘ringa ko‘tarilib oldi.

Ma’lumot o‘rnida, WSB doirasida Uzbek Tigers 2017-yil hisobidan 4 ta jang o‘tkazdi. O‘zbekistonlik bokschilar avvaliga Xitoyda China Dragons’dan 2:3 hisobida yengilgan bo‘lsa, keyin Qozog‘istonda Astana Arlans’ga 1:4 hisobida imkoniyatni boy bergandi. Toshkentda bo‘lib o‘tgan 3-turda Uzbek Tigers Rossiyaning Patriot Boxing Team jamoasini 5:0 hisobida taslim qilishga erishdi. 4-turda esa O‘zbekiston jamoasi China Dragons’ni 5:0 hisobida yutdi va safardagi mag‘lubiyat uchun revansh oldi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (19-03-2017, 00:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 109) ( 0) ( 108) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют