» » Andijonda 7-sinf o‘quvchisi maktabning uchinchi qavatidan tushib ketdi

Andijonda 7-sinf o‘quvchisi maktabning uchinchi qavatidan tushib ketdi


Andijon shahridagi 14-umumta’lim maktabida 18-may, shanba kuni soat 16:00 larda ko‘ngilsiz hodisa yuz berdi. Bu haqda “Daryo” muxbiri ma’lum qilmoqda.

Ushbu ta’lim maskanining 7-sinfida o‘qiydigan o‘g‘il bola uchinchi qavatdagi xonalarning biridagi derazadan uning yonidagi derazaga o‘tayotgan vaqtda ehtiyotsizlik sabab pastga tushib ketgan.

Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Andijon filialining neyro travmatalogiyasi bo‘limidan olingan ma’lumotlarga ko‘ra, S.T.ga qo‘shma jarohat, bosh miya yopiq shikastlanishi, bosh miya chayqalishi, chap tomonlama miya qorinchasiga qon quyilishi, travmatik shok 1,2-daraja, ikkala bilak va boldir suyaklari pastki o‘suvchi qismlaridan yopiq sinib siljishi, tovon suyagi yopiq sinishi tashxisi qo‘yilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-05-2019, 02:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 30) ( 0) ( 29) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют