» » Uyingizda qurol topilganida nima qilishni bilmaysizmi? Qurolni ichki ishlar organlariga topshiring – bu siz va atrofdagilaringiz uchun eng xavfsiz yo‘l

Uyingizda qurol topilganida nima qilishni bilmaysizmi? Qurolni ichki ishlar organlariga topshiring – bu siz va atrofdagilaringiz uchun eng xavfsiz yo‘l


18-may kuni soat 14:00 da 93 yoshli Zoya Vladimirovna Chilonzor tumani IIO FMBga uyida o‘qotar qurol saqlanishi haqida xabar berdi. Kelib tushgan ma’lumotni tekshirish uchun ichki ishlar organlari xodimlari voqea joyiga xolislar bilan birga kelib, uyni ko‘zdan kechirishdi. Uy hududida 2 ta 16-kalibrlik o‘q-dori va bitta 1952-yilda chiqarilgan ov quroli topildi, deb xabar qiladi Ichki ishlar bosh boshqarmasi.

Zoya Vladimirovnaning gaplariga qaraganda, ushbu qurol uning shu yil fevral oyida olamdan o‘tgan turmush o‘rtog‘iga tegishli bo‘lgan. Zoya Vladimirovna esa darhol IIOga qurol haqida xabar berishni unutgan. Ammo 18-may kuni Zoya Vladimirovna o‘q-dorilarni ko‘rib qolib, tegishli hujjatlari bo‘lmagan ov quroli esiga tushgan va darhol profilaktika inspektori bilan bog‘langan. Ayol yolg‘iz istiqomat qiladi, shuning uchun ushbu qurol yomon qo‘llarga tushib qolishidan qo‘rqqan.

Zoya Vladimirovna Chilonzor tumani IIO FMBga ariza bilan murojaat qildi, unda u o‘z ixtiyori bilan qurol va o‘q-dorilarni huquqni muhofaza qiluvchi organlarga topshirayotganligini ma’lum qildi. Shundan so‘ng qurol va o‘q-dorilar Toshkent shahar IIBB tasarrufiga tegishli ekspertiza o‘tkazib masalani xal etish uchun topshirildi.

“Hurmatli fuqarolar! Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksning 248-moddasiga muvofiq (“Qurol, o‘q-dorilar, portlovchi moddalar yoki portlatish qurilmalariga qonunga xilof ravishda egalik qilish”) qurol va o‘q-dorilarni o‘z ixtiyori bilan topshirgan shaxs javobgarlikdan ozod qilinadi”, — deya ta’kidlaydi Ichki ishlar bosh boshqarmasi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-05-2019, 06:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 27) ( 0) ( 26) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют