» » Akmal Saidov: Prokuratura xodimlarining inson huquqlari sohasidagi milliy qonunlarimizni va xalqaro standartlarni bilishi davr taqozosidir

Akmal Saidov: Prokuratura xodimlarining inson huquqlari sohasidagi milliy qonunlarimizni va xalqaro standartlarni bilishi davr taqozosidir


Inson huquqlari bo‘yicha Milliy markaz direktori, akademik Akmal Saidov prokuratura organlari xodimlari inson huquqlari bo‘yicha standartlarni bilishi davr taqozosi ekanligini ta’kidladi. U bu haqda Bosh prokuratura Akademiyasi tomonidan o‘tkazilgan “Huquqni muhofaza qilish sohasida ilmiy va ta’lim salohiyatini oshirish: mavjud tendensiyalar va istiqbollar” mavzusidagi xalqaro konferensiyadagi chiqishida aytib o‘tdi.

“Prokuratura organlari nazorat qiluvchi emas, inson huquqlarini himoya qiluvchi organ hisoblanadi. Ya’ni har bir fuqaroning huquqlarini tiklash prokuraturaning asosiy vazifalaridan biridir. Inson huquqlari bo‘yicha Milliy markaz va Bosh prokuratura Akademiyasi o‘rtasida hamkorlik bo‘yicha memorandum imzolangan. Bu memorandumdan asosiy maqsad — inson huquqlari bo‘yicha ta’lim ishlarini yanada takomillashtirish”, — dedi Akmal Saidov.

Konferensiyada 50 dan ziyod xorijiy ekspertlar, xususan, 21 ta davlat va 11 ta xalqaro tashkilotning amaliyotchilari, xorijiy muassasa va tashkilotlarning rahbarlari va mas’ul xodimlari ham qatnashdi.

Malayziyaning O‘zbekistondagi elchisi Hendi Assanning ta’kidlashicha, Bosh prokuratura Akademiyasi bilan Malayziya korrupsiyaga qarshi kurashish akademiyasi (MASA) hamkorligi doirasida o‘zbekistonlik ofitserlar MASAda malaka oshirib kelmoqda.

“Shu kunlarda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha malayziyalik mutaxassis o‘zbekistonlik prokuratura organlari xodimlari uchun bir nechta treninglar o‘tkazadi”, — dedi elchi.

To‘rtta tematik sessiya ishi natijalariga ko‘ra, huquqni muhofaza qilish sohasidagi ilmiy va ta’lim salohiyatini oshirish, idoralararo va xalqaro hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan tavsiyalari qabul qilindi.

Bosh prokuratura Akademiyasi uchrashuvlar yakunida Turkiya Adliya akademiyasi, Ukraina prokuraturasining Milliy akademiyasi, Qirg‘iziston Bosh prokuraturasining Prokuror xodimlarini kasbiy tayyorlash markazi bilan hamkorlik to‘g‘risida kelishuvga erishdi.

Shuningdek, amaliy mashg‘ulot va masofaviy ta’lim uchun barcha zarur sharoitlar yaratilgan Bosh prokuratura Akademiyasining yangi binosining ochilishi bo‘lib o‘tdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-05-2019, 09:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 79) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют